O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilishda samarali choralar ko‘rmoqda — BMT

© AFP 2023 / ANGELA WEISSShtab-kvartira OON v Nyu-Yorke
Shtab-kvartira OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Obuna bo‘lish
Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhining 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilishda samarali choralar ko‘rmoqda. Bu haqida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhining 44-sessiyasida ma’lum qilindi.
© Press-slujba Natsionalnogo sentra respubliki UzbekistanJenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhining 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
V Jeneve dali otsenku meram Uzbekistana po zashite prav cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhining 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhining 44-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 4-milliy ma’ruzasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, sessiyada “O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish borasida, xususan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish, bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilish, qiynoqlarga qarshi kurashish hamda inson huquqlarini himoya qilishning boshqa yo‘nalishlarida samarali choralar ko‘rmoqda”, degan fikr bildirilgan.
O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy sharh bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan 6-noyabrdan – 17-noyabrga qadar o‘tkaziladigan sessiyada milliy ma’ruzalari ko‘rib chiqiladigan 14 davlatdan biri hisoblanadi.
Mamlakatning Universal davriy sharh bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi milliy ma’ruzalari 2008-yil dekabr, 2013-yil aprel va 2018-yil may oylarida ko‘rib chiqilgan.
“O‘zbekistonning milliy ma’ruzasi yuzasidan 84 ta davlat vakillari so‘zga chiqdi. Deyarli barcha delegatsiyalar vakillari O‘zbekiston tomonidan Universal davriy sharh bo‘yicha 2013 va 2018-yillarda bo‘lib o‘tgan muhokamalar davrida berilgan tavsiyalarni izchil bajarish, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi bilan ochiq va amaliy muloqotni rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan amaliy qadamlarni ijobiy baholashdi”, — deyiladi xabarda.
Bir qator davlatlar O‘zbekistonda insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan konstitutsiyaviy islohot o‘tkazilganini olqishladi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi misolida mamlakatning inson huquqlarini rag‘batlantirish va ta’minlashga hamda bu sohadagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga sodiqligi yaqqol namoyon bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan BMT tuzilmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari ham e’tirof etildi.
“O‘zbekistonning, ayniqsa, paxta terimi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatiga barham berish, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi yutuqlari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo mamlakatlar tomonidan ijobiy baholandi”, — deyilgan xabarda.
Quyidagi sohalarda ko‘rilayotgan choralar e’tirof etildi:
BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish;
bolalar huquqlarini himoya qilish, Bolalar ombudsmanini ta’sis etish, onalar va bolalar o‘limini kamaytirish;
inson huquqlari sohasidagi ta’limning uzluksiz tizimini shakllantirish;
ayollar huquqlari va gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish;
so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligini qo‘llab-quvvatash; korrupsiyaga qarshi kurash olib borish;
qiynoqlarga qarshi kurashish.
Qolaversa, sessiya ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlarini ta’minlash va ularga imkoniyatlarni yanada kengaytirish hamda O‘zbekiston tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilinganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Muhokamalar chog‘ida O‘zbekistonning qator xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi yuzasidan ayrim davlatlar tomonidan tavsiyalar berildi. Aksariyat davlatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatladi.
Yangiliklar lentasi
0