Keksalar uchun turizm oyligi: nuroniylar respublika bo‘ylab bepul sayohat qilmoqda

© Samarkandskiy Fond NuraniyRespublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda.
Respublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirlar doirasida 68 mingga yaqin nuroniy sayohat qilishga ulgurdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 68 mingga yaqin nuroniy uchun sayohat tashkil etildi. Bu haqida Sputnik O‘zbekiston muhbiriga “Nuroniy” jamg‘armasi matbuot kotibi Azizbek Qodirov ma’lum qildi.
Respublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida 55 yoshdan oshgan aholi uchun turli qadamjolarga sayohat, ziyorat va turli ma’naviy-ma’rifiy konsertlar tashkil etilmoqda.
© Samarkandskiy Fond NuraniyRespublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda.
Meropriyatiya Mesatsa starshego turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Respublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida 1-noyabrdan shu kunga qadar 68 mingga yaqin nuroniy sayohat qilishga ulgurdi.
Shundan:
Respublika bo‘ylab sayyohatlar - 67 648 nafar nuroniy (801 nafari I guruh nogironligi bor keksalar);
Ichki sayohatlar - 231 453 nafar nuroniy;
Muzeylarga tashriflar - 58 411 nafar nuroniy.
Qayd etilishicha, bu yil jamg‘arma tomonidan turizm oyligini o‘tkazish uchun 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
“Aynan keksalarning respublika bo‘ylab sayohati uchun zamonaviy va qulay avtobuslar biriktirilgan. Ularning oziq-ovqat, yotoqxona, muzey va boshqa joylarga tashriflari xarajatlari ham jamg‘arma tomonidan to‘lanmoqda. Bundan tashqari, har bir avtobuslar tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan nuroniylarga joyida tez yordam ko‘rsatiladi”, — dedi Azizbek Qodirov.
© Samarkandskiy Fond NuraniyRespublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda.
Meropriyatiya Mesatsa starshego turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Respublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilmoqda.
Jamg‘arma tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan nuroniylar uchun 579 ta nogironlik aravachasi, 604 ta eshitish moslamasi, 309 ta qo‘ltiqtayoq va 713 ta hassa tarqatildi;
I guruh nogironligi bo‘lgan 4 750 nafar keksalar, 2 216 nafar yakka-yolg‘iz keksalar, 3 857 nafar uyida yotib qogan keksalar hamda 2 731 nafar shifoxonada davolanayotgan keksalar holidan xabar olindi;
2 907 nafar nuroniyning uylarida hasharlar tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0