Andijonda yangi podstansiya ishga tushirildi — video

© Unsplash/Sam LaRussaElektricheskaya podstansiya. Arxivnoe foto
Elektricheskaya podstansiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, yangi podstansiyaning ishga tushishi natijasida 220 kV kuchlanishli “Xakan” podstansiyasining yuklamasi 100 MVtga yengillashadi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Andijon viloyatida yangi podstansiya ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida uzunligi 14 kilometr bo‘lgan 220 kV kuchlanishli yangi elektr uzatish tarmog‘i va yuqori kuchlanishli “Saroy” podstansiyasi qurib bitkazildi.
Bugun, 14-noyabr kuni mazkur podstansiyaning birinchi transformatoriga kuchlanish berildi. Ayni vaqtda podstansiya barqaror ishlamoqda.
Qayd etilishicha, yangi podstansiyaning ishga tushishi natijasida 220 kV kuchlanishli “Xakan” podstansiyasining yuklamasi 100 MVtga yengillashadi. Bu esa, o‘z navbatida, bu podstansiyaning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0