Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShveyniy sex na odnom iz predpriyatiy Uzbekistana
Shveyniy sex na odnom iz predpriyatiy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2023
Obuna bo‘lish
Har bir ish bilan ta’minlangan xotin-qiz uchun tadbirkorga 3 million so‘mdan grant mablag‘lari ajratiladi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi. Bu haqida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

"Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy loyiha uchun, navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qiladi", - deyiladi xabarda.

Bunda har bir ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash va ish bilan ta’minlangan har bir xotin-qiz uchun 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi.
Ushbu grantni olish istagida bo‘lgan tadbirkorlar 2023-yil 25-noyabrga qadar o‘z loyihalarini MFYga taqdim etishlari kerak. Loyihalar 28-noyabrgacha tuman-shahar ishchi guruhlari tomonidan nizom talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi va 30-noyabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga davlat granti ajratilishi so‘ralgan buyurtmanoma yuboriladi.

Loyihalar 15-dekabrga qadar Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya qaroriga ko‘ra 2023-yil 20-dekabrga qadar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratiladi.

Tanlovning zaruriy talablari va grant mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rasmiy veb-sayti orqali yoki Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 650-sonli qarori orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0