Toshkent metrosida poyezd "Alisher Navoiy" bekatida to‘xtab qoldi

© Sputnik / Aktan TemirkanovStansiya metro Alishera Navoi
Stansiya metro Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2023
Obuna bo‘lish
"Alisher Navoiy" bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent metrosida poyezd "Alisher Navoiy" bekatida to‘xtab qoldi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent metropolitenining holat yuzasidan bildirgan rasmiy munosabatiga ko‘ra, soat taxminan 09:15 lar atrofida O‘zbekiston yo‘nalishining "Alisher Navoiy" bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Buning natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.

“Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan”, — deyiladi xabarda.

Hozir yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0