Rossiyada prezident saylovi 17-martga belgilanishi mumkin - OAV

© Sputnik / Vitaliy Nevar / Mediabankka o‘tishRossiyada ovoz berish jarayoni, arxiv surat
Rossiyada ovoz berish jarayoni, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada prezident saylovi kelasi yili bo‘lib o‘tadi. Saylov kampaniyasi hali boshlanmagan.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi prezident saylovi sanasini bir oydan so‘ng belgilashi mumkin. 2024-yilning 17-mart ovoz berish kuni etib belgilanishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda RIA Novosti parlamentdagi manbasiga tayangan holda yozmoqda.
“Federatsiya Kengashi 13-dekabrdagi yig‘ilishida Rossiyada prezident saylovi sanasini e’lon qilishi mumkin”, – ma’lum qilgan agentlikka manba.
Konstitutsiyaga ko‘ra, prezidentlik saylovlari Federatsiya Kengashi tomonidan belgilanadi. Parlamentning yuqori palatasi tegishli qarorni ovoz berish kunigacha 90 kundan kechiktirmay qabul qilishi kerak.
Rossiyada prezident saylovi kelasi yili bo‘lib o‘tadi. Saylov kampaniyasi hali boshlanmagan, Vladimir Putin esa bu lavozimga o‘z nomzodini qo‘yish niyatini borligini hozircha ma’lum qilmagan.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, saylovda hozirgi davlat rahbari bilan kimdir raqobatlasha olishi dargumon. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda jamiyatning prezident atrofida misli ko‘rilmagan birlashuvi sharoitida Putin “mutlaqo yetakchi siyosatchi” hisoblanadi. Peskovning ta’kidlashicha, bu “hech kim rad eta olmaydigan haqiqat”.
Yangiliklar lentasi
0