O‘zbekistonda sun’iy tolalarga ehtiyoj oshmoqda — vazirlik

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2030-yilda to‘qimachilik sohasida ishlab chiqarishi hajmini 20 mlrd dollarga (+2,5 barobar) yetkazishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekstonda sun’iy va kimoviy tolalarga (poliefir, polipropilen) bo‘lgan ehtiyoj 100 ming tonnani tashkil etmoqda, dedi AOKAda o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Muhammadsaidov.

"Bugungi kunda mamlakatimizda sun’iy va kimoviy tolalarga (poliefir, polipropilen) bo‘lgan ehtiyoj 100 ming tonnani tashkil etmoqda. Jumladan, poliefir, akril hamda laykra, viskoza, nitron, spandeks tolalar", - dedi mutaxassis.

Hozirda sun’iy tolalar O‘zbekistonga Xitoy, Hindiston hamda Indoneziya kabi davlatlardan import qilinmoqda. Xususan, 2022-yilda umumiy qiymati 145 mln dollar bo‘lgan 40 ming tonna sun’iy tola import qilindi.
O‘zbekistonda 2023-yilda 60 ming tonna poliefir, akril va boshqa turdagi sun’iy tolalarni qayta ishlash rejalashtirilgan. Undan tashqari, 2023-2026 yillarda ushbu sohada 4 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan: “Buxoro Sintetik tola”, “Siyovush polimer”, “Merganteks” hamda boshqa to‘qimachilik sanoat korxonalari qurilishi belgilangan.
To‘qimachilik sohasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq 2030-yilga qadar 3,6 mlrd kv m gazlama va 670 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2030 yiilda to‘qimachilik sohasida ishlab chiqarishi hajmi — 20 mlrd dollarga yetishi (+2,5 barobar) rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0