https://oz.sputniknews.uz/20231113/hokim-yordamchilari-15-million-aholi-ish-40956272.html
Hokim yordamchilari ko‘magida 1,5 million aholi ishga joylashdi
Hokim yordamchilari ko‘magida 1,5 million aholi ishga joylashdi
Sputnik O‘zbekiston
Hokim yordamchilari ko‘magida 500 mingga yaqin fuqarolar doimiy, bir millionga yaqin fuqarolar mavsumiy ish joylariga joylashtirildi.
2023-11-13T13:12+0500
2023-11-13T13:12+0500
2023-11-13T13:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hokim yordamchilari
ish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40030779_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_8f6b1b2cd065832a94ebcee9ed1e9f52.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchilari ko‘magida 1,5 million aholi ishga joylashdi. Bu haqda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i O‘tkir Hamroqulov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.Hamroqulov hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.Uning ta’kidlashicha, aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchilari ko‘magida 500 mingga yaqin fuqarolar doimiy, bir millionga yaqin fuqarolar mavsumiy ish joylariga joylashtirilgan.Bundan:Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 364 mingta loyihaga 10,6 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi.Aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 46 ming nafar fuqarolarga 210,5 milliard so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Shuningdek, "Ishga marhamat" monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida 129 ming nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.O‘tgan davrda hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 39 mingta mikro loyihalardan 20 mingtasi ishga tushirilib, 78 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallalarda o‘tgan davrda, 68 mingta yuridik, 74 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.Sentabr-oktabr oylarida xokim yordamchilari ko‘magida 1 milliondan ortiq kambag‘al oilalar uchun individual dasturlar ishlab chiqildi. Kambag‘al oilalarga ko‘maklashish maqsadida 1,8 million turdagi amaliy chora tadbirlar belgilangan bo‘lib, qisqa davrda 78 mingdan ortiq oilalar doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Qolaversa, 34 ming nafariga imtiyozli kredit va 7 ming nafariga subsidiyalar ajratildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40030779_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e8e079d3de086031d31afb5bac140a80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hokim yordamchilari fuqarolar mavsumiy ish joylari o‘zbekiston
hokim yordamchilari fuqarolar mavsumiy ish joylari o‘zbekiston
Hokim yordamchilari ko‘magida 1,5 million aholi ishga joylashdi
Hokim yordamchilari ko‘magida 500 mingga yaqin fuqarolar doimiy, bir millionga yaqin fuqarolar mavsumiy ish joylariga joylashtirildi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchilari ko‘magida 1,5 million aholi ishga joylashdi. Bu haqda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i O‘tkir Hamroqulov ishtirokidagi brifingda
ma’lum qilindi. Hamroqulov hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, aholi bandligini ta’minlash maqsadida hokim yordamchilari ko‘magida 500 mingga yaqin fuqarolar doimiy, bir millionga yaqin fuqarolar mavsumiy ish joylariga joylashtirilgan.
1,3 ming nafari o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga olindi;
80 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka jalb qilingan;
95 ming nafari haq to‘lanadigan jamoatchilarga jalb qilingan;
48 ming nafari hunarmandchilikka jalb qilingan;
238 ming nafar fuqarolarga ijara asosida uzoq muddatga yerlar ajratilgan.
Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 364 mingta loyihaga 10,6 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 46 ming nafar fuqarolarga 210,5 milliard so‘mlik subsidiyalar ajratildi. Shuningdek, "Ishga marhamat" monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida 129 ming nafar fuqarolar kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.
O‘tgan davrda hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 39 mingta mikro loyihalardan 20 mingtasi ishga tushirilib, 78 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallalarda o‘tgan davrda, 68 mingta yuridik, 74 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Sentabr-oktabr oylarida xokim yordamchilari ko‘magida 1 milliondan ortiq kambag‘al oilalar uchun individual dasturlar ishlab chiqildi. Kambag‘al oilalarga ko‘maklashish maqsadida 1,8 million turdagi amaliy chora tadbirlar belgilangan bo‘lib, qisqa davrda 78 mingdan ortiq oilalar doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. Qolaversa, 34 ming nafariga imtiyozli kredit va 7 ming nafariga subsidiyalar ajratildi.