https://oz.sputniknews.uz/20231113/bat-rossiyadagi-aktivlarini-abu-dabi-kompaniyasi-nazoratiga-otkazdi-40967449.html
BAT Rossiyadagi aktivlarini Abu-Dabi kompaniyasi nazoratiga o‘tkazdi
BAT Rossiyadagi aktivlarini Abu-Dabi kompaniyasi nazoratiga o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
BAT Rossiya va Belarusdagi biznesini sotishi oqibatida taxminan 1,2 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan edi. 13.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-13T15:46+0500
2023-11-13T15:46+0500
2023-11-13T15:55+0500
rossiya
biznes
tamaki mahsulotlari
iqtisod
sanksiya
sanksiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38668951_0:79:3000:1767_1920x0_80_0_0_74be2f28b8a40f29f753abcefa78cdc2.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. "British American Tobacco" (BAT) o‘zining Rossiyadagi aktivlarini Abu-Dabida ro‘yxatga olingan kompaniya nazoratiga o‘tkazdi. Yangi kompaniya ta’sischilari orasida sobiq "BAT Russia"ning top-menejerlari ham bor. RIA Novosti xabariga asosan. Ilgari Faruk Yener BATning Rossiya, Markaziy Osiyo va Belarus subregioni bo‘yicha bosh direktori, Barvin esa davlat organlari bilan aloqalar bo‘limiga rahbarlik qilgan.Sentabr oyi o‘rtalarida "British American Tobacco" kompaniyalar guruhi Rossiya va Belarusda o‘z biznesini sotishni yakunlaganini e’lon qilgan edi. Yangi kompaniya "ITMS Group" deb nomlanishini va hozirda Rossiyada qo‘llanilayotgan BATning barcha savdo belgilari biznes sotilgandan keyin mahalliy korxonaning mulkiga aylanishi ma’lum qilingan edi. Kompaniya o‘tgan yilning mart oyida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatish rejasini e’lon qilgan edi. Keyin, iyul oyida u Rossiyani tark etish jarayoni tufayli uning yo‘qotishlari allaqachon 957 million funt sterlingni (taxminan 1,2 milliard dollar) tashkil etgani haqida xabar berdi. Va kompaniya joriy yilning fevral oyida yil oxirigacha Rossiya va Belarus biznesini sotishni to‘liq yakunlash niyatini e’lon qildi."British American Tobacco" "Philip Morris International"dan so‘ng dunyodagi ikkinchi yirik tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Bugungi kunda BAT "Lucky Strike", "Pall Mall", "Kent, Dunhill" kabi brendlar ostida tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38668951_389:0:2745:1767_1920x0_80_0_0_dc63bb52de63862845dce60563759f8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, biznes, tamaki mahsulotlari, iqtisod, sanksiya, sanksiyalar
rossiya, biznes, tamaki mahsulotlari, iqtisod, sanksiya, sanksiyalar
BAT Rossiyadagi aktivlarini Abu-Dabi kompaniyasi nazoratiga o‘tkazdi
15:46 13.11.2023 (yangilandi: 15:55 13.11.2023) BAT Rossiya va Belarusdagi biznesini sotishi oqibatida taxminan 1,2 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. "British American Tobacco" (BAT) o‘zining Rossiyadagi aktivlarini Abu-Dabida ro‘yxatga olingan kompaniya nazoratiga o‘tkazdi. Yangi kompaniya ta’sischilari orasida sobiq "BAT Russia"ning top-menejerlari ham bor. RIA Novosti xabariga asosan.
Shunday qilib, ko‘chirmaga ko‘ra, BAT-SPb va MUMT kompaniyaning sobiq tuzilmalari Abu-Dabida ro‘yxatdan o‘tgan "BFI Holding"ga tegishli. Shu bilan birga, Abu Dabida ro‘yxatga olingan xolding asoschilari Oleg Barvin, Andrey Osavolyuk, Faruk Yener, Sergey Kudinov va Yelena Zavarzinalar.
Ilgari Faruk Yener BATning Rossiya, Markaziy Osiyo va Belarus subregioni bo‘yicha bosh direktori, Barvin esa davlat organlari bilan aloqalar bo‘limiga rahbarlik qilgan.
Sentabr oyi o‘rtalarida "British American Tobacco" kompaniyalar guruhi Rossiya va Belarusda o‘z biznesini sotishni yakunlaganini e’lon qilgan edi. Yangi kompaniya "ITMS Group" deb nomlanishini va hozirda Rossiyada qo‘llanilayotgan BATning barcha savdo belgilari biznes sotilgandan keyin mahalliy korxonaning mulkiga aylanishi ma’lum qilingan edi.
"ITMS Group" egasi "BFI Holding Limited" hisoblanadi. Bu rossiyalik investorlar konsorsiumi va kompaniyaning top-menejmentidir. Konsorsium vakillaridan hech biri global BAT guruhi xodimlari emas", - deya izoh berdi "ITMS" matbuot xizmati RIA Novostiga.
Kompaniya o‘tgan yilning mart oyida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatish rejasini e’lon qilgan edi. Keyin, iyul oyida u Rossiyani tark etish jarayoni tufayli uning yo‘qotishlari allaqachon 957 million funt sterlingni (taxminan 1,2 milliard dollar) tashkil etgani haqida xabar berdi. Va kompaniya joriy yilning fevral oyida yil oxirigacha Rossiya va Belarus biznesini sotishni to‘liq yakunlash niyatini e’lon qildi.
"British American Tobacco" "Philip Morris International"dan so‘ng dunyodagi ikkinchi yirik tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Bugungi kunda BAT "Lucky Strike", "Pall Mall", "Kent, Dunhill" kabi brendlar ostida tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradi.