Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasida, arxiv surat.
Shavkat Mirziyoyev Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasida, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi 7-yilda ushbu tizimda samarali xizmat qilib kelayotganlardan 727 nafari faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman", — deyiladi bayram tabrigida.
Qayd etilishicha, shu yilning o‘zida joylarda 22 ta oilaviy poliklinika, 93 ta oilaviy shifokorlik punkti va 394 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilib, birlamchi tibbiy xizmatlar 2 million 100 ming nafardan ziyod aholiga yaqinlashtirilgan.
Shuningdek, 8 million 600 ming nafar aholi profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 685 ming nafari ambulator, 72 ming nafari esa statsionar sharoitda sog‘lomlashtirilgani, skrining tekshiruvlari orqali 167 ming nafar yurtdoshimizda yurak-qon tomir, 52 ming nafarida qandli diabet kasalligi aniqlanib, ularning salomatligini tiklash choralari ko‘rilgani ta’kidlandi.
Ayniqsa, tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan 2 ming nafar bolaning davlat hisobidan operatsiya qilingani yosh avlodga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sohaga davlat tibbiy sug‘urtasi va raqamlashtirish mexanizmlari bilan birga xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati ham joriy etilib, shifoxonalarni zamonaviy transport va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash darajasi keskin yaxshilanmoqda.
"Aynan ana shunday o‘zgarishlar, jonkuyar shifokorlar, yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari, hamshiralarning mashaqqatli mehnati tufayli yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari nafaqat poytaxtimiz va viloyatlar markazlarida, balki tumanlarda ham muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda va minglab bemorlar o‘z dardiga shifo topmoqda", deyiladi tabrikda.
So‘nggi 7-yilda ushbu tizimda samarali xizmat qilib kelayotganlardan 727 nafari faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Bugungi bayram munosabati bilan ularning safiga yana ko‘plab tibbiyot xodimlari qo‘shilganini alohida qayd etmoqchiman.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tibbiyot sohasida quyidagi o‘zgarishlar belgilab olingan:
Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, buning uchun tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobar oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha erta o‘limni 2,5 barobar kamaytirish;
O‘zbekistonni sil xastaligidan xoli mamlakatga aylantirish;
350 ming nafar diabet va 1 million 500 ming nafar yurak-qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolash;
Tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etish;
Bemorlarni gemodializ o‘rinlari bilan to‘liq qamrab olish.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2023
Shavkat Mirziyoyev 42 nafar tibbiyot xodimlarini mukofotladi
Yangiliklar lentasi
0