Rossiya G‘azo sektoridan tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi

© AP Photo / Fatima ShbairFalastinlik qochqinlar G‘azo sektori janubidagi Rafah nazorat punktida. Arxiv surat.
Falastinlik qochqinlar G‘azo sektori janubidagi Rafah nazorat punktida. Arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2023
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi G‘azo sektoridan rossiyaliklarni evakuatsiya qilishni boshladi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rossiyalik diplomatlar bilan birgalikda G‘azo sektoridan tinch aholini evakuatsiya qilish ishlarini tashkil qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rossiyalik diplomatlar bilan birgalikda G‘azo sektoridan tinch aholini evakuatsiya qilish ishlarini tashkil qildi.
“Bir hafta davomida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor guruhi Falastin-Isroil mojarosi zonasida qolgan Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilish tartibi va yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ish olib bordi”, — deyiladi xabarda.
Ayni damda mojaro zonasini tark etish istagida bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tmoqda. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari voqea joyida odamlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatadi, ularni oziq-ovqat va suv bilan ta’minlaydi.
Bugun anklav chegarasini kesib o‘tgan barcha Rossiya fuqarolari Qohiraga yuboriladi, u yerda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor shtab-kvartirasi joylashtiriladi, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0