Urganch shahriga yangi hokim tayinlandi

© Xokimiyat goroda UrgenchaBunyod Rajabov
Bunyod Rajabov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2023
Obuna bo‘lish
Rajabov Bunyod Madirimovich Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rajabov Bunyod Madirimovich Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bunyod Rajabov tayinlovga qadar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0