Tarixiy natija: o‘zbek sambochi qizlari jahon chempionatida oltin medallar qo‘lga kiritdi

© Assotsiatsiya sambo UzbekistanaUzbekskie sambistki zavoyevali zolotie medali na chempionate mira po sambo v Yerevane.
Uzbekskie sambistki zavoyevali zolotie medali na chempionate mira po sambo v Yerevane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2023
Obuna bo‘lish
-50 kg vazn toifasida Gulsevar O‘roqova, -59 kg vazn toifasida esa Ibodatxon Agojogonova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Armaniston poytaxti Yerevan shahrida kecha, 10-noyabr kuni sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Unda o‘zbekistonlik sambochi qizlar oltin medallar qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi.
-50 kg vazn toifasida Gulsevar O‘roqova, -59 kg vazn toifasida esa Ibodatxon Agojogonova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Qayd etilishicha, shu paytgacha O‘zbekiston sambochi qizlari kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritmagan. Gulsevar va Ibodatxonning oltin medallari esa o‘zbek sambosi tarixida yangi sahifa ochdi.
Yangiliklar lentasi
0