O‘zbekiston tibbiyot xodimlari Sankt-Peterburgda ta’lim oldi — foto
© GU "RSNPMSZMiR"O‘zbekiston tibbiyot xodimlari Sankt-Peterburgda ta’lim oldi
© GU "RSNPMSZMiR"
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tibbiyot xodimlari V.A.Almazov nomidagi Rossiya Milliy tibbiyot tadqiqot markazi bazasida 72 soatga mo‘ljallangan “Klinik akusherlik” simulyatsion kursini o‘tadi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Joriy yil 30-oktabrdan 11-noyabrga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tizimi muassasalari va uning hududiy filiallarining 12 nafar mutaxassisi Sankt-Peterburgda ta’lim olib qaytdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
O‘zbekiston tibbiyot xodimlari V.A.Almazov nomidagi Rossiya Milliy tibbiyot tadqiqot markazi bazasida 72 soatga mo‘ljallangan “Klinik akusherlik” simulyatsion kursini o‘tadi.
Peterburgning V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazi — MTTM bilan hamkorlik 2023-yil 22-sentabrda ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik haqidagi memorandumning imzolanganidan keyin yangidan rivojlana boshladi.
© GU "RSNPMSZMiR"Mediki iz Uzbekistana proshli obuchenie v Sankt-Peterburge.
Mediki iz Uzbekistana proshli obuchenie v Sankt-Peterburge.
© GU "RSNPMSZMiR"
V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazi Rossiya Federatsiyasining yirik ilmiy-davolash muassasalaridan biri sanaladi. Shuningdek, u dunyoning Times Higher Education Impact Rankings 2023 xalqaro reytingidagi eng yaxshi ta’lim muassasalarining birinchi yuztaligiga kiradi.
© GU "RSNPMSZMiR"Mediki iz Uzbekistana proshli obuchenie v Sankt-Peterburge.
Mediki iz Uzbekistana proshli obuchenie v Sankt-Peterburge.
© GU "RSNPMSZMiR"
“Almazov markazi yurak-qon tomir kasalligi, qandli diabet va endokrinopatiya bilan kasallangan homilador ayollarni davolashga ixtisoslashgan. Va to‘plangan tajriba va bilimlarni O‘zbekistondan kelgan mutaxassislar bilan o‘rtoqlashish ilg‘or texnologiyalarni yuqoridagi kabi bemor ayollarni davolashda joriy etishni, tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan ayollarning qoniqishini oshirishni maqsad qilgan”, — deb ta’kidladi V.A.Almazov nomidagi MTTM akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Irina Zazerskaya.
Ta’lim jarayoni davomida O‘zbekistondan kelgan mutaxassislar xavfli guruhdagi ayollarda somatik kasalliklar va akusherlik asoratlarni tashxislash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi.
© GU "RSNPMSZMiR"Mediki iz Uzbekistana proshli obuchenie v Sankt-Peterburge.
Mediki iz Uzbekistana proshli obuchenie v Sankt-Peterburge.
© GU "RSNPMSZMiR"
Undan tashqari Sankt-Peterburg mutaxassislari bilan birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni, teletibbiyotni, Rossiya Federatsiyasi mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrif buyurishini, doimiy asosda stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, safar doirasida Sankt-Peterburg Davlat Pediatriya tibbiyot universiteti va uning Federal klinikasiga tashrif uyushtirildi. Tomonlar birgalikdagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba almashish to‘g‘risidagi hamkorlikka kelishib oldilar.