Madaniyat va san’at xodimlariga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratiladi — munosabat

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishUy kaliti
Uy kaliti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2023
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda madaniyat va san’at sohasida 36 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib bormoqda.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Madaniyat vazirligi san’at sohasi vakillariga uy olish uchun subsidiya berilishi haqidagi qaror atrofidagi muhokamalarga rasmiy munosabat bildirdi. Bu xaqda Madaniyat vaziri maslahatchisi Shavkat Ortiqov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
“Madaniyat va san’at sohasi vakillarining hammasi ham bir xilda to‘y-hasham, tug‘ilgan kun yoki boshqa tadbirlarda xizmat ko‘rsatish, qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas. San’at sohasi juda keng doirani o‘z ichiga qamrab oladi. Ular orasida chiroq ustalari, texnik xodimlar, sozandalar bor, teatr pardasi ortida minglab xodimlar ishlaydi. Albatta, ularning maoshi uy sotib olishga yetmaydi”, - deydi Shavkat Ortiqov.
Bugungi kunda madaniyat va san’at sohasida 36 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib bormoqda.
“Madaniyat va san’at sohasidagilarning 850 nafardan ziyodi oliy ta’lim tizimida, 2500 nafari o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida, 12 ming nafardan ortiq o‘qituvchilar bolalar musiqa va san’at maktablarida, 9 ming nafardan ko‘proq murabbiylar madaniyat markazlarida, 6 ming nafardan ortiq ijodkorlar teatr va sirk sohasida, 2 900 nafardan ortiq san’atkor va ijodkorlar konsert-tomosha sohasida mehnat qilib kelmoqda”, - deydi Ortiqov.
Uning ta’kidlashicha, madaniyat va san’at sohasi rivojiga katta hissa qo‘shayotgan madaniyat vakillarining aksariyati oilaviy yotoqxonalarda istiqomat qilmoqda.
“Qolaversa, xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar va festivallarda yuqori o‘rinlarni egallab, Vatanimiz nomini ulug‘lashga hamda madaniyat va san’at sohasi rivojiga katta hissa qo‘shayotgan madaniyat va san’at sohasi vakillarining aksariyati uzoq yillardan buyon oilaviy yotoqxonalarda yashab kelmoqda” – deya qo‘shimcha qildi u.
“Men bilgan ko‘plab eski san’atkorlar o‘z uy-joyi bo‘lmaganidan asosan ijarada yashab o‘tib ketishgan. Fikrimcha, san’atkor erkin ijod bilan shug‘ullanishi uchun unda bunday muammolar bo‘lmasligi kerak”, - dedi Madaniyat va san’at instituti katta o‘qituvchisi Xayrulla Lutfullayev Sputnik muxbiriga.
© Maxfuza GaffarovaXayrulla Lutfullayev
Xayrulla Lutfullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2023
Xayrulla Lutfullayev
Ma’lumot uchun, “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va san’at xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi borasidagi takliflar 22-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Sohaga doir zaruriy ma’lumotlarni vazirlik matbuot xizmati yoki rasmiy veb-saytidan olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0