https://oz.sputniknews.uz/20231110/xorazm-qadimiy-bilaguzuk-40891498.html
Xorazmda 2 ta qadimiy bilaguzukni xorijga olib chiqishga uringan shaxs ushlandi
Xorazmda 2 ta qadimiy bilaguzukni xorijga olib chiqishga uringan shaxs ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
"Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi qonun hamda "Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
2023-11-10T13:17+0500
2023-11-10T13:17+0500
2023-11-10T13:17+0500
jamiyat
xorazm viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0a/40891751_81:99:1280:774_1920x0_80_0_0_6e1f89506015b5097f2baf96f2496c9c.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Xorazm viloyatidagi "Shovot" chegara bojxona postida 2 dona qadimiy bilaguzukni yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, "yashil" yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilaguzuklarni qo‘l yuki bilan olib chiqishga uringan.San’atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, nikel, mis, kalay va kumush aralashmasidan qo‘ldan ishlangan bu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub. Ular tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.Sud qaror bilan qadimiy ashyolar davlat egaligiga o‘tkazilgan va Xiva "Ichan-qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy, temuriylar davriga oid tangalarni olib ketayotgan chet el fuqarosi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.Ma’lumot uchun, "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi qonun hamda "Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0a/40891751_131:12:1280:874_1920x0_80_0_0_46485388485c3271645011ac0d736099.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xorazm qadimiy bilaguzuk
Xorazmda 2 ta qadimiy bilaguzukni xorijga olib chiqishga uringan shaxs ushlandi
"Yashil" yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilaguzuklarni qo‘l yuki orasida olib chiqishga uringan.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Xorazm viloyatidagi "Shovot" chegara bojxona postida 2 dona qadimiy bilaguzukni yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, "yashil" yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilaguzuklarni qo‘l yuki bilan olib chiqishga uringan.
San’atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, nikel, mis, kalay va kumush aralashmasidan qo‘ldan ishlangan bu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub. Ular tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.
Sud qaror bilan qadimiy ashyolar davlat egaligiga o‘tkazilgan va Xiva "Ichan-qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urganch xalqaro aeroportida 50 dona qadimiy, temuriylar davriga oid tangalarni olib ketayotgan chet el fuqarosi qo‘lga olingani
xabar qilingan edi.Ma’lumot uchun, "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi qonun hamda "Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.