Toshkentda birinchi xonimlar ishtirokida ekoforum o‘tkazildi — foto
09:38 10.11.2023 (yangilandi: 12:38 10.11.2023)
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond ZaminToshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
Obuna bo‘lish
Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilib, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Kecha, 9-noyabr kuni Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, tadbirda Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdog‘an, Eron prezidentining rafiqasi Jamile A’lamulxudo, Qirg‘iz Respublikasining birinchi xonimi Aygul Japarova, O‘zbekiston hukumati, YuNISEF vakillari, BMT agentliklari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, milliy institutlar, fuqarolik jamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yosh ekofaollari ishtirok etdi.
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
1/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
2/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
3/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
4/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
5/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
6/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
7/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
8/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
9/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
10/11
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
11/11

“Forumning bosh ishtirokchilari — sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni e’tirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”, - dedi forum ochilishida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga.
Forumda uzluksiz “yashil” ta’lim va ekologik madaniyatni shakllantirish orqali yoshlar salohiyatini mustahkamlash masalasi YuNEP ijrochi direktori Inger Andersen so‘zining muhim mavzusi bo‘ldi.
“Ekologik ta’lim ulkan ahamiyatga ega. U kelajak avlodlarga shunchaki norozilik vakillari bo‘lish emas, balki o‘zgarishlarning drayveriga aylanish uchun zarur ko‘nikma va bilimlarni beradi. Niyatimiz — keyingi avlodlar sayyora bilan uyg‘un hayot kechirishning yangi va yaxshiroq usullarini orzu qiladigan dadil hukumat yetakchilari, olim va novatorlar bo‘lsin”, - dedi u.
YuNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsisning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va ekologik ta’lim masalalarining maktab dasturlariga kiritilishi bolalar va yoshlarning o‘zgarib borayotgan iqlimga moslashish ko‘nikmalaridan xabardorligini oshirishda muhim qadamdir.
Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilib, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.