Rossiya G‘azo aholisi uchun to‘rtinchi insonparvarlik yordamini jo‘natdi - video
12:49 10.11.2023 (yangilandi: 17:57 10.11.2023)
Obuna bo‘lish
Bu galgi insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari, shaxsiy gigiyena vositalari, ixcham pechlar va qalin yoping‘ichlardan iborat.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Il-76 samolyoti G‘azo sektori aholisi uchun mo‘ljallangan 25 tonna navbatdagi insonparvarlik yordami bilan Qozon aeroportidan uchib ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bu galgi insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari, shaxsiy gigiyena vositalari, ixcham pechlar va qalin yoping‘ichlardan iborat. Yordam Misrga olib boriladi va Misr Qizil yarim oy jamiyati vakillariga topshiriladi. Ular o‘z navbatida uni G‘azo aholisiga tarqatib beradi.
Bu Rossiya G‘azo aholisiga yuborgan to‘rtinchi insonparvarlik yordamidir. Yordamni yuborishni mamlakat prezidenti Vladimir Putin topshirgan. Rossiya G‘azo aholisi uchun 19 oktabr kuni 27 tonna, 3-noyabr kuni 28 tonna, 5 noyabr kuni 60 tonna insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi. Ular oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak va shaxsiy gigiyena vositalaridan iborat edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million dollar ajratgan.