https://oz.sputniknews.uz/20231110/qirgiziston-talim-va-fan-vaziri-toshkentdagi-mttga-tashrif-buyurdi-40898493.html
Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Toshkentdagi MTTga tashrif buyurdi
Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Toshkentdagi MTTga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Kendirboyeva O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg‘izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o‘rganish va joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
2023-11-10T14:41+0500
2023-11-10T14:41+0500
2023-11-10T15:47+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
maktabgacha ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0a/40899125_0:76:1204:753_1920x0_80_0_0_f3536a2ba832d7667e50a1cb10210a10.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” Xalqaro forumi doirasida amalga oshirildi.Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.Ma’lumot uchun, “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasiga bag‘ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta’limni targ‘ib qilishning ahamiyatiga bag‘ishlangan.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0a/40899125_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c9e9873fcac7f9cb6f7d5d735dc99527.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri toshkentdagi mttga tashrif buyurdi
qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri toshkentdagi mttga tashrif buyurdi
Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Toshkentdagi MTTga tashrif buyurdi
14:41 10.11.2023 (yangilandi: 15:47 10.11.2023) Kendirboyeva O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg‘izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o‘rganish va joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim agentligi matbuot xizmati
xabar berdi. Tashrif “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” Xalqaro forumi doirasida amalga oshirildi.
Tashrif doirasida Qirg‘iziston tomoni maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.
Kendirboyeva O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg‘izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o‘rganish va joriy etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun, “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasiga bag‘ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta’limni targ‘ib qilishning ahamiyatiga bag‘ishlangan.