O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida bir nechta hujjatlar imzolandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Prezident Italyanskoy Respubliki Serdjo Mattarella proveli dvustoronnie peregovori v rezidensii "Kuksaroy".
Shavkat Mirziyoyev i Prezident Italyanskoy Respubliki Serdjo Mattarella proveli dvustoronnie peregovori v rezidensii Kuksaroy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2023
Obuna bo‘lish
Xususan, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish, ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlikni nazarda tutuvchi qo‘shma bayonot qabul qilindi.
O‘zA mamlakatlar o‘rtasida imzolangan shartnomalar ro‘yxatini keltirdi:
diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
diplomatik akademiyalar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
xalq ta’limini rivojlantirish to‘g‘risidagi idoralararo anglashuv memorandumi;
fan, texnologiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo anglashuv memorandumi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya prezidenti Serjo Mattarella 9-10 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0