Toshkentdan Madinaga uchadigan reys bekor qilindi

© “Uzbekistan airports” “Panorama Airways” aviakompaniyasi Toshkent — Madina — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta reyslarni vaqtincha bekor qildi
“Panorama Airways” aviakompaniyasi Toshkent — Madina — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta reyslarni vaqtincha bekor qildi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Xususan, bugun, 9-noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilindi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Panorama Airways” aviakompaniyasi Toshkent — Madina — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta reyslarni vaqtincha bekor qildi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar berdi.
Xususan, bugun, 9-noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilindi.
Soat 11:00 holatiga mahalliy aviatashuvchining 5P-363 reysini amalga oshirayotgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra Madina aeroportida turibdi. Toshkentdan parvoz avvaliga kechiktirilgan edi, biroq ertalabdan u aviakompaniya tomonidan rasman bekor qilingan.
Ushbu reysning 246 nafar yo‘lovchisi Toshkent aeroportida 12 soat kutishdan so‘ng “Panorama Airways” vakillari tomonidan mehmonxonalarga joylashtirildi.
Ushbu reyslarning jo‘nab ketishi haqida ma’lumot olish uchun “Panorama Airways” vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Yangiliklar lentasi
0