Shavkat Mirziyoyev Toshkentda IHTning bojxona ofisini ochishni taklif qildi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevTovarnie poyezda. Illyustrativnoe foto
Tovarnie poyezda. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
IHT a’zolari orasida raqamli hujjat almashuvini yo‘lga qo‘yish hamda transkontinental savdo yo‘laklaridan keng foydalanish taklif etildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilot a’zolarini transport sohasida hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.
Xususan, Mirziyoyev IHT a’zolarining aksariyati dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega emasligini hisobga olgan holda mavjud transkontinental yo‘laklar salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligini aytib o‘tdi.
"Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarining yirik bozorlari bilan bog‘laydigan va bizning hududlarimiz orqali o‘tadigan transkontinental transport yo‘laklari salohiyatidan to‘liq foydalanishimiz zarur.
Kelgusida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va Transafg‘on multimodal yo‘llarining ishga tushirilishi barcha a’zo davlatlar manfaatlariga mos keladi.
Toshkentda 2-noyabrda bo‘lib o‘tgan transport vazirlarining yig‘ilishida “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatga boshqa a’zolarni ham qo‘shilishga, o‘zaro tarif va yig‘imlarni maqbullashtirishga chaqiraman", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti, yuk tashish sohasida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishni va Toshkent shahrida IHTning bojxona ofisini ochishni taklif qildi.
"Yuk tashish hujjatlarini raqamlashtirish kabi zamonaviy tizimlarni keng joriy qilish hamda samarali muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida Tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish tashabbusini bildirildi", - deyiladi xabarda
Toshkentda 7-8 noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda. IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, uning maqsadi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
Tashkilot 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0