O‘zbekistonlik yosh karatechilar Osiyo chempionatida 15 ta medalga sazovor bo‘lishdi
08:02 09.11.2023 (yangilandi: 12:09 09.11.2023)
© NOKMolodie karatisti pokazali svoy luchshiy rezultat na chempionate Azii
© NOK
Obuna bo‘lish
Sportchilar musobaqa davomida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza, jami 15 ta medalga ega chiqishdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh karatechilar Osiyo chempionatida o‘zlarining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Sportchilar musobaqa davomida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza, jami 15 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
© NOK
1/7
© NOK
© NOK
2/7
© NOK
© NOK
3/7
© NOK
© NOK
4/7
© NOK
© NOK
5/7
© NOK
© NOK
6/7
© NOK
© NOK
7/7
© NOK
1/7
© NOK
2/7
© NOK
3/7
© NOK
4/7
© NOK
5/7
© NOK
6/7
© NOK
7/7
© NOK
Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Oltin medal: -67 kg: Abdulvahob Rashidov (o‘smirlar), -54 kg: Mohinur Teshaboyeva (o‘smirlar), -61 kg: Saida Musaxonova (o‘smirlar);
Kumush medal: -61 kg: Sevinch Otaboyeva (yoshlar), -70 kg: Bekzod Zoirov (yoshlar);
Bronza medal: -55 kg: Dilmurod Kamoliddinov (yoshlar), -50 kg: Shodiya Ziyodullayeva (yoshlar), -52 kg: Humoyunmirzo Halimov (o‘smirlar), -57 kg: Isomiddin Karimov (o‘smirlar), +70 kg: Sardor Bahromov (o‘smirlar), -47 kg: Diyora Po‘latova (o‘smirlar), -66 kg: Mohichehra Abduraimova (o‘smirlar), -48 kg: Gulshan Alimardonova (o‘smirlar), Abdulaziz Rasulov (kata, o‘smirlar), Yigitlar o‘rtasida jamoaviy kata dasturi (o‘smirlar).