https://oz.sputniknews.uz/20231109/mirziyoyev-falastin-isroil-40845404.html
Mirziyoyev: Falastin-Isroil urushi mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda
Mirziyoyev: Falastin-Isroil urushi mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbari Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyani yana bir bor bildirishini qayd etdi. "Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda. Qarama-qarshilikning keng ko‘lamli nizoga aylanib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, - dedi Mirziyoyev.
2023-11-09T13:20+0500
2023-11-09T13:20+0500
2023-11-09T13:20+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht)
falastin
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40845600_116:197:1165:787_1920x0_80_0_0_4015e495a79626fa6f69ad31faadb056.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida nutq so‘zlayotib, global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushiga yana bir bor alohida to‘xtaldi.O‘zbekiston rahbari Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyani yana bir bor bildirishini qayd etdi.Shuningdek, Mirziyoyev asrlar davomida yon qo‘shni bo‘lgan ko‘pmillatli Afg‘oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg‘iz qoldirib bo‘lmasligi, ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy sharti ekani ta’kidladi.Davlat rahbari yig‘ilganlarni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga, ushbu mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas’uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqirdi.Eslatib o‘tamiz, Toshkentda IHTning XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda.IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40845600_386:277:1006:742_1920x0_80_0_0_9fb974bb1606a6809891c6c128652a6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
falastin isroil mojarosi urushi shavkat mirziyoyev munosabat tarixi ma’lumot
falastin isroil mojarosi urushi shavkat mirziyoyev munosabat tarixi ma’lumot
Mirziyoyev: Falastin-Isroil urushi mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda
O‘zbekiston rahbari Falastin xalqi o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyani yana bir bor bildirishini qayd etdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida nutq so‘zlayotib, global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushiga yana bir bor alohida to‘xtaldi.
“Ming afsuski, bu qonli nizo oqibatida avvalo, tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko‘plab qurbon bo‘lmoqda. Urushning mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda. Qarama-qarshilikning keng ko‘lamli nizoga aylanib ketishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni, o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan
qat’iy pozitsiyani yana bir bor bildirishini qayd etdi.
Shuningdek, Mirziyoyev asrlar davomida yon qo‘shni bo‘lgan ko‘pmillatli Afg‘oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg‘iz qoldirib bo‘lmasligi, ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy sharti ekani ta’kidladi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga, ushbu mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas’uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda IHTning XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.