Mirziyoyev IHT sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida nutq so‘zladi va qator takliflarni bildirdi.
Mirziyoyev O‘zbekiston tashkilotning asosiy hujjati bo‘lgan “Istiqbollar – 2025” ijrosini sarhisob qilishni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Hozircha ishga solinmayotgan katta imkoniyatlarning chuqur tahlili asosida tashkilotning kelajakdagi ustuvor soha va tarmoqlarini belgilab beruvchi “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konseptual hujjatini ishlab chiqish vaqti kelgan.
Xususan, O‘zbekiston rahbari quyidagi takliflarni bildirdi:
IHT doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish;
Toshkent shahrida tashkilotning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish;
tashkilot doirasida hududlararo sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va uning dastlabki tadbirini 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish;
tashkilot doirasida alohida Energetika vazirlari kengashini ta’sis etish;
qo‘shma turistik marshrutlarni joriy etish hamda “Ipak yo‘li” sayyohlik brendi ostida umumiy sayyohlik dasturlarini ko‘paytirish;
tashkilot Kotibiyati huzurida a’zo mamlakatlarning turizm ma’muriyatlari va yetakchi ekspertlardan iborat alohida Turizm bo‘yicha maslahat qo‘mitasini tashkil etish.
O‘zbekiston yetakchisi bugungi sammit va uning natijalari tashkilotni samarali va ta’sirchan tuzilmaga aylantirishga, ko‘pqirrali sheriklikni yangi marralarga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Toshkentda 7-8 noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda. IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, uning maqsadi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
Tashkilot 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0