Mirziyoyev IHT doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risida bitim qabul qilishga chaqirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, to‘siqsiz savdoni shakllantirish yo‘lida hali-hamon ko‘plab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risida bitim qabul qilishga chaqirdi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili IHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichi 85 milliard dollarni tashkil etdi. Bu tashkilotga a’zo davlatlar umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizi demakdir.
“Afsuski, imtiyozli savdo bitimini tuzish bo‘yicha ko‘p yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. To‘siqsiz savdoni shakllantirish yo‘lida hali-hamon ko‘plab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda”, - dedi O‘zbekiston rahbari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan tashkilotning sammitida nuqt so‘zlayotib.
Prezident bu holatlarni ochiq tan olish va ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun vaziyatga yangicha qarash bilan yondashish kerakligini ta’kidladi.
“Shu munosabat bilan ekspertlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishga chaqiraman”, - dedi Mirziyoyev.
Ushbu hujjatda tovar va xizmatlar savdosini yengillashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya tartib-qoidalarini raqamlashtirish, elektron savdoni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu chora-tadbirlar orqali 2035-yilga borib o‘zaro savdo hajmlarini kamida ikki barobar ko‘paytirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda IHTning XVI sammiti bo‘lib o‘tmoqda.
IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan. Uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston 1992-yilda IHT a’zosi bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0