Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLideri Uzbekistana i Tadjikistana obsudili voprosi dvustoronney povestki
Lideri Uzbekistana i Tadjikistana obsudili voprosi dvustoronney povestki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Yangiliklar lentasi
0