Mirziyoyev Berdimuhamedov va Aliyev bilan uchrashdi
11:23 09.11.2023 (yangilandi: 11:38 09.11.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Berdimuhamedov va Aliyev bilan uchrashdi
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston va Ozarbayjon prezidentlari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Turkmaniston prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi batafsil ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya s Berdimuxamedovim i Aliyevim
Tomonlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va chuqurlashgan strategik sheriklik izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ikki mamlakat prezidentlari mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya s Berdimuxamedovim i Aliyevim
O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vstretilsya s Berdimuxamedovim i Aliyevim
O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.