Dekabrda Sankt-Peterburgda MDH va YeOII yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNeformalnaya vstrecha glav gosudarstv SNG. Arxivnoe foto
Neformalnaya vstrecha glav gosudarstv SNG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari dekabr oyida Sankt-Peterburgda MDH yetakchilari norasmiy uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin dekabr oyida Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakat yetakchilari bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya rahbari Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan muzokaralar yakunida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz Qasim-Jomart Kemelevich bilan noyabr oxirida Minskdagi KXShT sammitida yana uchrashamiz. Men Qozog‘iston prezidentini dekabr oyida Sankt-Peterburgga Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisiga kelishni va YeOII va MDH yetakchilarining an’anaga aylangan norasmiy uchrashuvida ishtirok etishga ham taklif qildim”, - dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili MDH yetakchilarining norasmiy sammiti Peterburgda 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0