Ko‘chma go‘sht va sut shoxobchalari tashkil qilish zarur — Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po voprosam realizatsii proyektov, realizuyemix v sfere gidroenergetiki, i podgotovki energosistemi k osenne-zimnemu sezonu .
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po voprosam realizatsii proyektov, realizuyemix v sfere gidroenergetiki, i podgotovki energosistemi k osenne-zimnemu sezonu . - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Prezident parrandachilik uchun budjetdan subsidiya ajratish hamda omborxonalar tashkil qilish masalasini qo‘ydi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida parrandachilik va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning muammolari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda qayd etilishiga ko‘ra, ozuqa masalasi parrandachilik mahsulotlarining tannarxini pasaytirish imkonini bermayotgani ekan. Majlisda ushbu muammoni hal qilishga qaratilgan choralar aytib o‘tildi.

Xususan, narx barqarorligini ta’minlash maqsadida yil yakuniga qadar chorva va parranda go‘shti ishlab chiqarishga budjetdan 230 milliard so‘m subsidiya ajratiladi, don mahsulotlarini saqlash uchun 8 ta yirik omborxona tashkil etiladi.

Shuningdek, parrandachilikni kengroq kreditlash mexanizmlari yaratiladi.
Undan tashqari O‘zbekistonga jo‘jalarning birinchi tartibli ota-onalik sof liniyasini olib kelish orqali jo‘ja importi muammosi hal qilinadi.

Sut ishlab chiqaruvchilar muammolari

Yig‘ilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Xususan, sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatga topshiriq berildi.
Shuningdek, savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida tartibda belgilash amaliyotini joriy etish masalasi qo‘yildi.
Aholini sut va go‘sht bilan ta’minlash maqsadida, ko‘chma go‘sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi — Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan qo‘mita raisi Sh.Shoraxmetovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0