Japarov “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish nima uchun muhimligini aytdi

© ManbaSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li Osiyodan Yevropaga yuk tashish geografiyasini kengaytiradi — Japarov.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li Osiyodan Yevropaga yuk tashish geografiyasini kengaytiradi, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Toshkentdagi IHT sammitida so‘zlagan nutqida.

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirishga alohida ahamiyat bermoqdamiz. Ushbu loyiha mintaqamizning savdo-iqtisodiy va tranzit imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”, - dedi Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu temir yo‘l 4 milliardga yaqin aholini bog‘laydi va Osiyodan Turkiya orqali Yevropa, Yaqin Sharq, Eron, shuningdek, Fors ko‘rfazi va Shimoliy Afrika mamlakatlariga yuk tashish geografiyasini kengaytiradi.
Qirg‘iziston prezident ta’kidlashicha, tranzit, transport va logistika salohiyatini rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi omillari hisoblanadi.
“Mintaqamiz “shimol va janub”, “g‘arbiy va sharq” o‘rtasida asosiy ko‘prik vazifasini o‘tashi mumkin. Dengiz portlariga chiqish imkoniyatlarini yaratish uchun mintaqamizda transport-logistika yo‘laklari va multimodal tashishni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 15-sentabr kuni Samarqandda O‘zbekiston, Xitoy va Qirg‘iziston transport bo‘limlari o‘rtasida “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandi.
Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston temir yo‘lining umumiy uzunligi taxminan 454 kilometrni tashkil etadi, shundan 280 kilometr Qirg‘iziston hududidan o‘tishi rejalashtirilgan. Liniyada umumiy 18 ta stansiya, uzunligi 26,1 km 81 ta katta va o‘rta ko‘priklar, uzunligi 120,39 km 41 ta tunnel quriladi. Ko‘priklar va tunnellarning jami uzunligi 146,49 km bo‘lib, bu liniya umumiy uzunligining 47,0% ni tashkil qiladi.
Loyihaning amalga oshirilishi Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga bo‘lgan yo‘lni taxminan 900 km, yuk yetkazib berish muddatlari esa 7-8 kunga kamaytiradi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0