AQSh Yaqin Sharqda yangi urushlarni qo‘zg‘atmoqda — Oq uyning sobiq xodimi

© AP Photo / Arab 24 networkAmerikanskie voyennie na blijnem vostoke. Arxivnoe foto
Amerikanskie voyennie na blijnem vostoke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Obuna bo‘lish
Oq uyning sobiq xodimi AQShning Yaqin Sharqdagi navbatdagi qadamini aytdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. AQSh mintaqada yangi urushlarni qo‘zg‘atish uchun Falastin-Isroil mojarosini kengaytirmoqchi, deb yozdi Ronald Reygan ma’muriyati davrida Oq uy xodimi bo‘lgan Pol Kreyg Robers o‘zining shaxsiy saytidagi maqolasida.
"Maqsad - neokonservatorlar Yaqin Sharqda urushlarni qayta boshlashi uchun Eron va Suriyani mojaroga tortish", — dedi u.
Tahlilchi ta’kidlaganidek, juda ko‘p sonli Amerika qo‘shinlari, qurollari va havo kuchlarining ko‘chirish Vashingtonning mintaqadagi niyatlarini tasdiqlaydi.
"Hech kim mantiqiy ovozlarga quloq solayotganga o‘xshamaydi. Boshqacha qilib aytganda, mojaroning nazoratdan chiqib ketishiga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi", — deb qo‘shimcha qildi Robers.
7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan keng ko‘lamli raketa hujumiga uchradi. Katta o‘qqa tutilganidan so‘ng HAMAS jangarilari yahudiy davlatining janubidagi chegara hududlariga kirib, u yerda ham harbiylar, ham tinch aholiga qarata o‘t ochgan, shuningdek, asirlarni garovga olgan. Harakatning harbiy qanoti “Al-Qassam” brigadalari “Al-Aqsa to‘foni” operatsiyasini e’lon qildi.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Hujum ortidan bir necha kun ichida Isroil harbiylari chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va anklavdagi nishonlarga, jumladan tinch aholiga qarshi havo hujumlarini boshladi. Bundan tashqari, Isroil G‘azoni to‘liq blokadaga olganini e’lon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi.
Yangiliklar lentasi
0