Toshkentdagi IHT sammitida qaysi davlat yetakchilari ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

© ManbaSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti boshlanmoqda.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) XVI sammiti boshlanmoqda. Unda 7 ta davlat prezidentlari ishtirok etadi, deya xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Toshkent shahrida 8-9 noyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sammitda quyidagi prezidentlar ishtirok etadi:
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy;
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.
Shuningdek, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar va IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.
Bugun, 8-noyabr kuni, delegatsiyalar Toshkentga kela boshlaydi.
Shavkat Mirziyoyev ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, bugunga Qirg‘iziston, Turkiya prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
9 noyabr kuni oliy darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
O‘zbekiston IHT sammitiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi — foto
Yangiliklar lentasi
0