Mirziyoyev Qatarning sobiq bosh vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal bivshego Premyera-ministra Katara
Prezident Uzbekistana prinyal bivshego Premyera-ministra Katara
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 08 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlatining sobiq bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Respublikada quyidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi:
Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasini qurish;
Toshkent shahrida yirik logistika markazini qurish;
Savdo va turar-joy majmuasini qurish;
Yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish;
Aeroportlarni modernizatsiya qilish;
Energetika, metallurgiya, to‘qimachilik sanoati, chorvachilik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar.
Ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma fond tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi.
Loyihalar qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0