https://oz.sputniknews.uz/20231108/rossiyaning-xorijdagi-aktivlari-musodara-qilinishi-jiddiy-oqibatlarga-olib-keladi-peskov-40803019.html
Rossiyaning aktivlari musodara qilinishi jiddiy oqibatlarga olib keladi — Peskov
Rossiyaning aktivlari musodara qilinishi jiddiy oqibatlarga olib keladi — Peskov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning xorijdagi aktivlari musodara qilinishi jiddiy oqibatlarga olib keladi — Peskov
2023-11-08T17:17+0500
2023-11-08T17:17+0500
2023-11-08T17:17+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
aqsh
dmitriy peskov
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/01/23716269_0:43:3076:1773_1920x0_80_0_0_171021b5264308c9ea007cfb7e0f3d5e.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaning G‘arbdagi aktivlarini musodara qilish jiddiy oqibatlarga olib keladi va javob choralari ko‘riladi, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.Kecha kechqurun AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi prezidentga Rossiyaning suveren aktivlarini musodara qilish, davlat kotibiga esa ularni Ukraina va xalqaro tashkilotlar foydasiga o‘tkazish huquqini beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi.Peskovning ta’kidlashicha, AQSh ham, Yevropa ham Rossiya aktivlarini musodara qilishni noqonuniy davom ettirish ustida izchil ish olib bormoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rasmiylari javob choralarini ishlab chiqadi."Ammo ular bizning manfaatlarimizga eng mos keladiganlar bo‘ladi", - deb xulosa qildi Peskov.Ukrainada Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirib, Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. O‘shandan beri AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa G‘arb davlatlari ushbu mablag‘larni musodara qilish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish ustida faol ishlamoqda.Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arbning bu harakatlarini o‘g‘irlik deb atadi. Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina, o‘z navbatida, Rossiya hukumati xalqaro zaxiralarni muzlatishga qarshi kurashish uchun qonuniy choralar ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/01/23716269_333:0:2782:1837_1920x0_80_0_0_d65383d514a3af244fb1b3b655d140c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya aktivlari musodara qilinishi jiddiy oqibatlarga olib keladi peskov
rossiya aktivlari musodara qilinishi jiddiy oqibatlarga olib keladi peskov
Rossiyaning aktivlari musodara qilinishi jiddiy oqibatlarga olib keladi — Peskov
Kreml Rossiyaning G‘arbdagi aktivlarini musodara qilish haqidagi fikrlarga izoh berdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaning G‘arbdagi aktivlarini musodara qilish jiddiy oqibatlarga olib keladi va javob choralari ko‘riladi, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Kecha kechqurun AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi prezidentga Rossiyaning suveren aktivlarini musodara qilish, davlat kotibiga esa ularni Ukraina va xalqaro tashkilotlar foydasiga o‘tkazish huquqini beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi.
Peskovning ta’kidlashicha, AQSh ham, Yevropa ham Rossiya aktivlarini musodara qilishni noqonuniy davom ettirish ustida izchil ish olib bormoqda.
"Bu noqonuniy, bu barcha mumkin bo‘lgan qoidalarga zid. Bunday qarorlarni qabul qilganlar va bunday qarorlardan foydalanganlar uchun bu juda jiddiy sud va huquqiy xarajatlarga olib keladi”, — dedi Putin matbuot kotibi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rasmiylari javob choralarini ishlab chiqadi.
"Ammo ular bizning manfaatlarimizga eng mos keladiganlar bo‘ladi", - deb xulosa qildi Peskov.
Ukrainada Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirib, Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. O‘shandan beri AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa G‘arb davlatlari ushbu mablag‘larni musodara qilish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish ustida faol ishlamoqda.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova G‘arbning bu harakatlarini o‘g‘irlik deb atadi. Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina, o‘z navbatida, Rossiya hukumati xalqaro zaxiralarni muzlatishga qarshi kurashish uchun qonuniy choralar ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.