Mirziyoyev Qirg‘iziston va Turkiya prezidentlari bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Kirgizskoy Respubliki Sadirom Japarovim.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Kirgizskoy Respubliki Sadirom Japarovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Sadir Japarov va Rejep Tayyip Erdog‘an IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Kirgizskoy Respubliki Sadirom Japarovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoq, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ro‘yobga chiqarilmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.
Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Bundan tashqari, Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashuvi
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s Prezidentom Tureskoy Respubliki Redjepom Tayipom Erdoganom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashuvi
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, sanoat, innovatsiyalar, energetika, transport, ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashuvi
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s Prezidentom Tureskoy Respubliki Redjepom Tayipom Erdoganom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an uchrashuvi
Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan,O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. O‘zbekiston 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.
Yangiliklar lentasi
0