G‘arb nomaqbul mamlakatlarda inqiroz keltirib chiqarishga urinmoqda – Patrushev

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishNikolay Patrushev
Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi G‘arb mamlakatlari majburlashning keng vositasidan foydalanayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Vashington boshchiligidagi G‘arb “nomaqbul mamlakatlarda” inqirozli holatlarni keltirib chiqarib va qo‘llab-quvvatlab, u yerdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Moskvada MDHdan bo‘lgan hamkasblari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“AQSh va uning ittifoqchilari dunyoga ularning o‘zlari yakkalikda o‘rnatgan qoidalarga asoslangan va faqat ular manfaatlarida bo‘lgan tartibni majburlab o‘tkazib, Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan xalqaro huquq tizimini muntazam ravishda barbod qilib kelmoqda”, - dedi Patrushev.

U G‘arb mamlakatlari majburlashning keng vositasidan, jumladan, shantaj, jamoat fikrini manipulyatsiya qilish qilish, kuch ishlatish tahdidi, hukumatni konstitutsiyaga qarshi ravishda almashtirishga urinishlardan foydalanayotganiga e’tibor qaratdi.
“Nomaqbul mamlakatlarida” vaziyatni bir maqsadni ko‘zlagan holda beqarorlashtirish, dunyoning turli mintaqalarida inqirozli vaziyatlarni yuzaga keltirish va qo‘llab-quvvatlashga oid ishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Boz ustiga, NATO G‘arbning kollektiv tajovuzi vositasi sifatida batamom shakllandi”, - deya ta’kidladi Patrushev.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Vashington, London va Brussel o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun ro‘y berayotgan voqealarga va u yoki bu harakatlarning xalqaro huquqqa mos kelishiga baho berishda ochiqchasiga ikkiyuzlamachilik qilayotganini qayd etdi.
“Talay misollar keltirish mumkin. Kiyev rejimi jinoyatlarini rag‘batlantirib, Moldovadagi qonunlar va inson huquqlarining qo‘pol buzilishiga ko‘z yumib, ular Rossiya va Belarusni qoralashadi, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi voqealarni surishtirishni talab qilishadi, o‘zboshimchalik bilan bir tomonlama cheklov choralarini kiritishadi”, - deya eslatdi Patrushev.
Yangiliklar lentasi
0