YeOII va ShHT Katta Yevroosiyoning asosiy ustunlari bo‘ladi — Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishZasedanie VEES pod predsedatelstvom prezidenta RF V. Putina. Arxivnoe foto
Zasedanie VEES pod predsedatelstvom prezidenta RF V. Putina. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Yevroosiyoda yagona tinchlik, barqarorlik va farovonlik makonini yaratishni muhim deb biladi, dedi Rossiya prezidenti Qozog‘iston matbuotiga bergan intervyusida.
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Yangi, adolatli dunyo tartibini shakllantirish uchun Yevroosiyoda yagona tinchlik, barqarorlik va farovon makonini yaratish zarur, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin matni Kreml saytida chop etilgan “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida. .

“Dunyo taraqqiyotining hozirgi bosqichining ustun tendensiyasi xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan yangi, adolatli dunyo tartibini shakllantirishdir. Rossiya Yevroosiyoda yagona tinchlik, barqarorlik va farovonlik makonini yaratishni — ushbu jarayonning ajralmas bo‘lagi deb hisoblaydi”, - dedi Rossiya rahbari.

Rossiya prezidenti xulosasiga ko‘ra, sa’y-harakatlarni birlashtirmasdan, o‘zaro ishonchni mustahkamlamasdan va jamoaviy yechimlarni izlamasdan turib, bunday keng ko‘lamli vazifalarni hal qilishning iloji yo‘q. Bu jarayonda eng muhimi har bir xalqning mustaqil rivojlanishga bo‘lgan suveren huquqini hurmat qilish va BMTnizomiga to‘la-to‘kis amal qilishdir.
“Biz ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi muhim qadam, YeOII va ShHTga tayangan hamda mintaqadagi barcha davlatlar va ittifoqlarning salohiyatini birlashtirgan, keng integratsiya konturi — Katta Yevroosiyo hamkorligini yaratish, deb hisoblaymiz”, - dedi Putin.
Tarkibida 26 ta davlat ishtirok etayotgan ShHTdan bizning umidlarimiz katta. Chunki ushbu tuzilma kuchli siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega, uning geografik hududi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Yevropagacha cho‘ziladi, dedi Rossiya prezidenti.
Katta Yevroosiyo konsepsiyasi

Ma’lumki, Yevroosiyo Yer sharidagi eng katta qit’a va u yerda eng ko‘p aholi yashaydi - butun insoniyatning uchdan ikki qismi. Shuningdek, Yevroosiyoda tabiiy resurslarning ulkan zaxiralari jamlangan - neft va gazdan tortib chuchuk suv va unumdor yerlargacha. Agar ushbu ulkan qit’ada chegara va bojlar viza rejimi va o‘zaro ishonchsizlik bo‘lmasa, uning barcha qismi bir-biriga bog‘lanib, bir-birini to‘ldirib tursa, bu barcha Yevroosiyo xalqlari uchun foydali bo‘lardi. Yevroosiyo butun insoniyatning kuchli rivojlanish lokomotiviga aylanar edi.

“Katta Yevroosiyo hamkorligi” g‘oyasi ilk bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2015-yil oxirida ilgari surilgan edi. Uning asosiy mazmuni — bunday hamkorlikda birinchi qadamlar siyosiy yoki harbiy sohada emas, iqtisodiy sohalarda qo‘yilishi kerak.

O‘tmishda ham Yevroosiyoni birlashtirishga urinishlar bo‘lgan. Chingizxon imperiyasi qurol yordamida va Buyuk Ipak yo‘li — savdo orqali. Qurol va zo‘ravonlik bilan tuzilgan birlik o‘nlab yillar davom etgan bo‘lsa savdo va iqtisodiy aloqalar yuzlab va minglab yillar davom etgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0