"Cat Hotel" — momiqvoylar xavfsiz maskani. Video

Obuna bo‘lish
Mushuklar maskani Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya himoyasida.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Poytaxtning Uchtepa tumanidagi Vatan mahallasida noodatiy mehmonxona qad rostladi. 12 xonachadan iborat mushuklar mehmonxonasi "Mushukkent" loyihasi doirasida qurildi.
"Mehmonxona" ko‘chada qarovsiz qolgan mushuklari uchun tayyor boshpana. Qishning sovuq kunlarida bu yerda jonivorlar isinib, jon saqlashlari mumkin.
Mushuklar yashaydigan maskan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya himoyasida. Milliy gvardiya xodimlari mehmonxonani kuzatuv kameralari orqali nazorat qilib turadi. Ko‘ngillilar hayvonlar uchun xayriya qilishlari ham mumkin.
Yangiliklar lentasi
0