https://oz.sputniknews.uz/20231108/buyrak-transplantatsiyasi-40791919.html
Surxondaryoda ikki bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
Surxondaryoda ikki bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Surxondaryoda bo‘layotgan ommaviy tibbik ko‘riklar doirasida Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bir qancha og‘ir bemorlarda amaliyotlar bajarildi.
2023-11-08T13:12+0500
2023-11-08T13:12+0500
2023-11-08T13:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
surxondaryo
inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/10/22772292_0:231:2874:1847_1920x0_80_0_0_eee874353a716ec8ab4b61cb4863c9ff.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Ommaviy tibbiy ko‘riklar doirasida surxondaryolik bemorlarda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Xabarga ko‘ra, 36 yoshli bemor Mehriniso Pardayevaga surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi tashxisi qo‘yilgan. Bemor bu darddan o‘n yildan beri azob chekkan. Mehrinisoning ta’kidlashicha, u poytaxtga borib, murakkab operatsiya orqali sog‘ayishni niyat qilgandi. Toshkentdagi Xirurgiya markazi jarrohlari esa Termizga kelib, transplantatsiya amaliyotini o‘tkazishdi.Bemorga 31 yoshli singlisi Yulduz Pardayeva bir buyragini berdi. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozir Mehrinisoning ham, donorning ham ahvoli yaxshi, shifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda.Shifokorlarning ta’kidlashicha, bemor o‘tgan yildan beri gemodializ muolajasini oladi. Ayni vaqtga kelib, tashxis terminal bosqichga o‘tgani sababli uni sog‘lom hayotga qaytarishning yagona usuli sifatida buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti tavsiya etilgan.Hozir Nortojiyeva transplantolog mutaxassislar tibbiy kuzatuvi ostida. Uning buyrak faoliyati tiklanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shuningdek, bemorga donorlik qilgan otasi D.Nortojiyevning salomatligi ham yaxshilanib borapti.Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryoda davom etayotgan ommaviy tibbiy ko‘riklar doirasida viloyat tibbiyot muassasalarida endoprotezlash, kardioxirurgik, neyroxirurgik va oftalmologik yo‘nalishlarda ham qator yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/10/22772292_157:210:2607:2048_1920x0_80_0_0_0d3e0fff6b46122070736a929012a764.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surxondaryoda 2 bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
surxondaryoda 2 bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
Surxondaryoda ikki bemorda buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Surxondaryoda bo‘layotgan ommaviy tibbik ko‘riklar doirasida Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bir qancha og‘ir bemorlarda amaliyotlar bajarildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Ommaviy tibbiy ko‘riklar doirasida surxondaryolik bemorlarda buyrak transplantatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. “Shu kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Surxondaryoda bo‘layotgan ommaviy tibbik ko‘riklar doirasida Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bir qancha og‘ir bemorlarda amaliyotlar bajarildi”, - deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, 36 yoshli bemor Mehriniso Pardayevaga surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi tashxisi qo‘yilgan. Bemor bu darddan o‘n yildan beri azob chekkan. Mehrinisoning ta’kidlashicha, u poytaxtga borib, murakkab operatsiya orqali sog‘ayishni niyat qilgandi. Toshkentdagi Xirurgiya markazi jarrohlari esa Termizga kelib, transplantatsiya amaliyotini o‘tkazishdi.
Bemorga 31 yoshli singlisi Yulduz Pardayeva bir buyragini berdi. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozir Mehrinisoning ham, donorning ham ahvoli yaxshi, shifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda.
Viloyatda o‘tkazilayotgan ommaviy tibbiy ko‘riklar doirasida angorlik 27 yoshli Zaynab Nortojiyevada ham buyrak ko‘chirish amaliyoti bajarildi. Unga otasi, 52 yoshli Doniyor Nortojiyev bir buyragini berdi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bemor o‘tgan yildan beri gemodializ muolajasini oladi. Ayni vaqtga kelib, tashxis terminal bosqichga o‘tgani sababli uni sog‘lom hayotga qaytarishning yagona usuli sifatida buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti tavsiya etilgan.
Hozir Nortojiyeva transplantolog mutaxassislar tibbiy kuzatuvi ostida. Uning buyrak faoliyati tiklanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shuningdek, bemorga donorlik qilgan otasi D.Nortojiyevning salomatligi ham yaxshilanib borapti.
Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryoda davom etayotgan ommaviy tibbiy ko‘riklar doirasida viloyat tibbiyot muassasalarida endoprotezlash, kardioxirurgik, neyroxirurgik va oftalmologik yo‘nalishlarda ham qator yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.