AQShda “Maxfiy materiallar” seriali olingan omborda yong‘in chiqdi

© AP Photo / Jae C. HongPojar v istoricheskom angare dlya dirijabley v Tastine, Kaliforniya, 7-noyabrya 2023 goda.
Pojar v istoricheskom angare dlya dirijabley v Tastine, Kaliforniya, 7-noyabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2023
Obuna bo‘lish
Yonayotgan ombor dunyodagi ikkita eng katta yog‘ochdan yasalgan egizak binolardan biridir.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. AQShda “Yulduzli yo‘l” va “Perl-Harbor” filmini suratga olishda foydalanilgan ulkan yog‘och omborda yong‘in chiqdi, deb xabar berdi NBC.
“O‘t o‘chiruvchilar sobiq Tustin harbiy-havo kuchlari bazasi o‘rnidagi ombordagi chiqqan yong‘inni o‘chirishga urinishmoqda... Yong‘in sur’ati va kutilmaganda ombor qulab tushishi xavfi tufayli biz tuzilma butunlay vayron bo‘lib, qulashiga vaqt berish eng yaxshi chora deb bildik. Shundan so‘ng yong‘inga yaqinlashib, uni jadal o‘chirishni boshlash mumkin”, – deya ma’lum qildi Orinj okrugi o‘t o‘chirish boshqarmasi X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“NBC Los Angeles” telekanalining xabar berishicha, yonayotgan ombor dunyodagi ikkita eng katta yog‘ochdan yasalgan egizak binolardan biridir. Ulardan “Perl-Harbor” filmi hamda “Yulduzli yo‘l” va “Maxfiy materiallar” teleseriallarini suratga olishda foydalanishgan. Ikkinchi jahon urushi paytida u yerda dirijabllar saqlangan.
Yangiliklar lentasi
0