https://oz.sputniknews.uz/20231107/zelenskiy-zalujniyga-qarshi-ochiq-urush-boshlanmoqda-40762463.html
Zelenskiy Zalujniyga qarshi: ochiq urush boshlanmoqda
Zelenskiy Zalujniyga qarshi: ochiq urush boshlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Zalujniy yordamchisining o‘limi shunchaki baxtsiz tasodifmi yoki prezident saylovi uchun kurashning boshlanishi? Batafsil ukrainalik ekspert maqolasida. 07.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-07T22:20+0500
2023-11-07T22:20+0500
2023-11-07T22:20+0500
kolumnistlar
ukraina
vladimir zelenskiy
valeriy zalujniy
saylovlar
terakt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36083614_0:192:3299:2048_1920x0_80_0_0_a4da254a31367e1f27e9d4670d365012.jpg
Kecha kechqurun Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiy Ukrainada bo‘lajak prezident saylovlarni bekor qildi. Ammo buni deyarli hech kim payqamadi. Chunki bir vaqtning o‘zida Kiyevda chekkasida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy portlash — barcha boshqa yangiliklardan o‘zib ketdi: unda Ukraina mudofaa vazirining yordamchisi, ko‘p odam tanimaydigan mayor mayor Gennadiy Chastakov o‘z tug‘ilgan kunida g‘alati vaziyatda portlatib yuborildi. Ha, bir odamni shunchaki yo‘q qilish, bugungi Ukraina g‘ayrioddiy hodisa emas. Ukraina Qurolli kuchlari ofitserining o‘limi va 128-sonli elita brigadasining o‘nlab jangarilarining shov-shuvli o‘limi fonida bu portlash oddiy voqea kabi ko‘rinadi. Prezident nazorati ostidagi politsiya zudlik bilan Chayki qishlog‘idagi (Kiyev shahrida) portlashni "o‘q-dorilar bilan ehtiyotsizlik" oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa deb ko‘rsatishga harakat qildi. Ammo Zalujniyning o‘zi boshqacha bayonot berdi: "Sovg‘alardan birida noma’lum portlovchi qurilma ishga tushdi". Shu o‘rinda beixtiyor Ukraina maxsus xizmatlarining o‘ziga xos uslubi esga tushadi – axir Sankt-Peterburgda rossiyalik bloger Vladlen Tatarskiyga qarshi ham xuddi shunday terakt uyushtirishgan edi. Britaniyaning "The Guardian" gazetasi ham ushbu o‘xshashlikka e’tibor qaratgan.Biroq Ukraina Ichki ishlar vazirligi boshlig‘i Igor Klimenko o‘jarlik bilan uning hamkasbi Chastakovga oltita "yangi G‘arb uslubidagi" granatalar bilan bir shisha viski berganini, Zalujniyning yordamchisi esa ularni qadah deb o‘ylaganini ta’kidlaydi. Zelenskiy tomonidan boshqariladigan Ukraina ommaviy axborot vositalari zudlik bilan ushbu aniq versiyani tarqatishga kirishdilar va Chastakov "99,9% ehtimollik bilan baxtsiz hodisa natijasida vafot etganini" e’lon qildi. Ammo o‘zining saylovoldi imkoniyatlarini paypaslab ko‘rayotgan, sobiq prezident Potr Poroshenkoning kanali esa Zalujniy versiyasini yoqlamoqda. Ya’ni, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni shaxsiy yordamchisining o‘limi ortida nima turganidan qat’i nazar, biz ushbu portlash atrofida jiddiy ehtiroslar paydo bo‘layotganini ko‘rmoqdamiz. G‘arb ommaviy axborot vositalari bu fojia haqida qizg‘in yozar ekan, uni bevosita prezident va general o‘rtasida kuchayib borayotgan urush bilan bog‘lagani ham bejiz emas. Haqiqatan ham, so‘nggi kunlarda ukrainalik ikkita "Z" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tobora qizg‘ishlanib borayotganini rost. Endi esa ushbu kurash matbuot doirasidan chiqib ketgani haqida taassurot paydo bo‘ladi. Ushbu munosabat bilan Ukrainada mayor Chastakovning o‘limi haqidagi haqiqatni bilishni xohlashi shubhali bo‘lib qoladi. Nima sababdan? Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi siyosiy raqobat sharoitida haqiqat hech kimga kerak emas.Kelasi yil bahorda prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari tugaydi. Lekin kuni kecha Zelenskiy saylovlarni bekor qiladi va o‘zini abadiy diktatorga aylantiradi! O‘z nutqida Zelenskiy ochiqchasiga saylovlarni Ukraina uchun "zararli" deb e’lon qildi, chunki ular faqat Rossiyaga foyda keltiradi. Zelenskiyning aytishiga ko‘ra: "Hozir davlat mablag‘larni yo‘llarni asfalt qilishga emas, mudofaaga sarf qilish kerak". Ya’ni yaxshi asfal talab qilish ham bu — "Rossiya ig‘vosi" ekan. Shu vaqt Ukraina prezidentining 2020-yilgi gaplari esga tushadi. "Qaysi ko‘cha bo‘lmasin, qayerda bo‘lmasin va uning nomi nima bo‘lmasin — bu muhim emas. Muhimi u asfat qilingan bo‘lsin va yoriqlik chiroqlari o‘rnatilgan bo‘lsin". Hatto rossiyalik liberallar o‘sha vaqtlarda bu nutqning "chuqurligidan" zavqlanib qichqirishgandi. Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidentidan saylovni qonunda belgilangan muddatlarda o‘tkazishni so‘zsiz talab qilgan birinchi shaxs — amerikalik senator Lindsi Grem edi. Zelenskiy buni “Rossiya ig‘vosi deb e’lon qilishi mumkin, ammo Gremni “Kreml agenti”ligida ayblash qiyin.Ha, Zelenskiyning asosiy raqobatchisining eng yaqin yordamchisi uyidagi g‘alati portlash shovqini shu paytgacha Ukrainadagi saylovlar bekor qilingani haqidagi e’lonni bo‘g‘ib yubordi. Ammo bu oxiri emas, bu faqat boshlanishi. Kiyev prezidenti dushanba kuni o‘zini deyarli diktator deb e’lon qildi. Har holda, konstitutsiyaviy vakolatlari tugashi bilan u prezident deb nomlana olmaydi. Bu sana qanchalik yaqin kelarkan, Zelenskiyning g‘arbiy homiylari va so‘nggi paytlarda undan norozi bo‘lgan o‘z generallari tomonidan savollar shunchalik tez-tez paydo bo‘ladi. Ana unda portlashlar tobora tez-tez va Zelenskiyning o‘ziga yaqinroq eshitila boshlaydi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36083614_342:0:3073:2048_1920x0_80_0_0_e27f3138820c07bedc58cb78bc0b9c76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
kolumnistlar, ukraina, vladimir zelenskiy, valeriy zalujniy , saylovlar, terakt
kolumnistlar, ukraina, vladimir zelenskiy, valeriy zalujniy , saylovlar, terakt
Zelenskiy Zalujniyga qarshi: ochiq urush boshlanmoqda
Zalujniy yordamchisining o‘limi shunchaki baxtsiz tasodifmi yoki prezident saylovi uchun kurashning boshlanishi? Batafsil ukrainalik ekspert maqolasida.
Kecha kechqurun Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiy Ukrainada bo‘lajak prezident saylovlarni bekor qildi. Ammo buni deyarli hech kim payqamadi. Chunki bir vaqtning o‘zida Kiyevda chekkasida sodir bo‘lgan g‘ayrioddiy portlash — barcha boshqa yangiliklardan o‘zib ketdi: unda Ukraina mudofaa vazirining yordamchisi, ko‘p odam tanimaydigan mayor mayor Gennadiy Chastakov o‘z tug‘ilgan kunida g‘alati vaziyatda portlatib yuborildi.
Ha, bir odamni shunchaki yo‘q qilish, bugungi Ukraina g‘ayrioddiy hodisa emas. Ukraina Qurolli kuchlari ofitserining o‘limi va 128-sonli elita brigadasining o‘nlab jangarilarining shov-shuvli o‘limi fonida bu portlash oddiy voqea kabi ko‘rinadi.
Qizig‘i shundaki, Chastakov Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni general Valeriy Zalujniyning shaxsiy yordamchisi va do‘sti edi. Uning o‘limidan so‘ng darhol Zelenskiy va Zalujniy jamoalari o‘rtasida axborot maydonida voqeaning turli talqinlari urushi boshlandi.
Prezident nazorati ostidagi politsiya zudlik bilan Chayki qishlog‘idagi (Kiyev shahrida) portlashni "o‘q-dorilar bilan ehtiyotsizlik" oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa deb ko‘rsatishga harakat qildi.
Ammo Zalujniyning o‘zi boshqacha bayonot berdi: "Sovg‘alardan birida noma’lum portlovchi qurilma ishga tushdi". Shu o‘rinda beixtiyor Ukraina maxsus xizmatlarining o‘ziga xos uslubi esga tushadi – axir Sankt-Peterburgda rossiyalik bloger Vladlen Tatarskiyga qarshi ham xuddi shunday terakt uyushtirishgan edi. Britaniyaning "The Guardian" gazetasi ham ushbu o‘xshashlikka e’tibor qaratgan.
Biroq Ukraina Ichki ishlar vazirligi boshlig‘i Igor Klimenko o‘jarlik bilan uning hamkasbi Chastakovga oltita "yangi G‘arb uslubidagi" granatalar bilan bir shisha viski berganini, Zalujniyning yordamchisi esa ularni qadah deb o‘ylaganini ta’kidlaydi.
Zelenskiy tomonidan boshqariladigan Ukraina ommaviy axborot vositalari zudlik bilan ushbu aniq versiyani tarqatishga kirishdilar va Chastakov "99,9% ehtimollik bilan baxtsiz hodisa natijasida vafot etganini" e’lon qildi. Ammo o‘zining saylovoldi imkoniyatlarini paypaslab ko‘rayotgan, sobiq prezident Potr Poroshenkoning kanali esa Zalujniy versiyasini yoqlamoqda.
Ya’ni, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni shaxsiy yordamchisining o‘limi ortida nima turganidan qat’i nazar, biz ushbu portlash atrofida jiddiy ehtiroslar paydo bo‘layotganini ko‘rmoqdamiz. G‘arb ommaviy axborot vositalari bu fojia haqida qizg‘in yozar ekan, uni bevosita prezident va general o‘rtasida kuchayib borayotgan urush bilan bog‘lagani ham bejiz emas.
Shu tariqa "Washington Post" o‘quvchilariga eslatib o‘tdi: “Ko‘pchilik Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Zalujniyni siyosiy raqiblar deb biladi. Zalujniy "Economist" jurnalida maqola chop etganidan so‘ng bu iddaodagi kelishmovchiliklarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. <…> Zelenskiy ochiqchasiga bu fikrga qo‘shilmagan. baholash."
Haqiqatan ham, so‘nggi kunlarda ukrainalik ikkita "Z" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tobora qizg‘ishlanib borayotganini rost. Endi esa ushbu kurash matbuot doirasidan chiqib ketgani haqida taassurot paydo bo‘ladi. Ushbu munosabat bilan Ukrainada mayor Chastakovning o‘limi haqidagi haqiqatni bilishni xohlashi shubhali bo‘lib qoladi. Nima sababdan? Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi siyosiy raqobat sharoitida haqiqat hech kimga kerak emas.
Kelasi yil bahorda prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari tugaydi. Lekin kuni kecha Zelenskiy saylovlarni bekor qiladi va o‘zini abadiy diktatorga aylantiradi! O‘z nutqida Zelenskiy ochiqchasiga saylovlarni Ukraina uchun "zararli" deb e’lon qildi, chunki ular faqat Rossiyaga foyda keltiradi.
Zelenskiyning aytishiga ko‘ra: "Hozir davlat mablag‘larni yo‘llarni asfalt qilishga emas, mudofaaga sarf qilish kerak". Ya’ni yaxshi asfal talab qilish ham bu — "Rossiya ig‘vosi" ekan. Shu vaqt Ukraina prezidentining 2020-yilgi gaplari esga tushadi. "Qaysi ko‘cha bo‘lmasin, qayerda bo‘lmasin va uning nomi nima bo‘lmasin — bu muhim emas. Muhimi u asfat qilingan bo‘lsin va yoriqlik chiroqlari o‘rnatilgan bo‘lsin". Hatto rossiyalik liberallar o‘sha vaqtlarda bu nutqning "chuqurligidan" zavqlanib qichqirishgandi.
Shunday qilib, saylovlar va yaxshi asfalt endi rasman e’lon qilingandek "ne na chasi", ya’ni mavridi emas. Ammo so‘nggi paytlarda Zelenskiyning g‘arbiy xo‘jayinlari saylov uning ketishi uchun eng og‘riqsiz variant bo‘lishi mumkinligiga shama qilishgan edi. U bunga rozi bo‘ladimi?
Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidentidan saylovni qonunda belgilangan muddatlarda o‘tkazishni so‘zsiz talab qilgan birinchi shaxs — amerikalik senator Lindsi Grem edi. Zelenskiy buni “Rossiya ig‘vosi deb e’lon qilishi mumkin, ammo Gremni “Kreml agenti”ligida ayblash qiyin.
Ha, Zelenskiyning asosiy raqobatchisining eng yaqin yordamchisi uyidagi g‘alati portlash shovqini shu paytgacha Ukrainadagi saylovlar bekor qilingani haqidagi e’lonni bo‘g‘ib yubordi. Ammo bu oxiri emas, bu faqat boshlanishi. Kiyev prezidenti dushanba kuni o‘zini deyarli diktator deb e’lon qildi. Har holda, konstitutsiyaviy vakolatlari tugashi bilan u prezident deb nomlana olmaydi. Bu sana qanchalik yaqin kelarkan, Zelenskiyning g‘arbiy homiylari va so‘nggi paytlarda undan norozi bo‘lgan o‘z generallari tomonidan savollar shunchalik tez-tez paydo bo‘ladi. Ana unda portlashlar tobora tez-tez va Zelenskiyning o‘ziga yaqinroq eshitila boshlaydi.