https://oz.sputniknews.uz/20231107/zalujniyning-yordamchisi-sovga-qilingan-granata-portlashi-oqibatida-halok-boldi-40738279.html
Zalujniyning yordamchisi sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida halok bo‘ldi
Zalujniyning yordamchisi sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Kiyev viloyatidagi o‘z uyida granata portlashi oqibatida Ukraina qo‘shinlari bosh qo‘mondoni yordamchisi Valeriy Zalujniy Gennadiy Chastakov halok bo‘ldi
2023-11-07T09:31+0500
2023-11-07T09:31+0500
2023-11-07T11:02+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
valeriy zalujniy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36083614_0:192:3299:2048_1920x0_80_0_0_a4da254a31367e1f27e9d4670d365012.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Kiyev viloyatidagi o‘z uyida granata portlashi oqibatida Ukraina qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning yordamchisi Gennadiy Chastakov halok bo‘ldi, deb xabar qildi Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko. RIA Novosti.Chastakovning o‘g‘li esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.Ma’lum qilishicha, Chastakovning o‘limiga sabab bo‘lgan granatani unga hamkasbi sovg‘a qilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu G‘arb uslubidagi yangi granatalar edi". Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kvartirada yana beshta portlamagan granata topilgan, ular ekspertiza uchun yuboriladi.Politsiya Chastakovga shunday sovg‘ani bergan harbiyni aniqlagan."Uning kabinetida allaqachon tintuv o‘tkazilgan va yana ikkita shunga o‘xshash granata olib qo‘yildi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda", - dedi vazir.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/13/36083614_342:0:3073:2048_1920x0_80_0_0_e27f3138820c07bedc58cb78bc0b9c76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zalujniyning yordamchisi sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida halok bo‘ldi
zalujniyning yordamchisi sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida halok bo‘ldi
Zalujniyning yordamchisi sovg‘a qilingan granata portlashi oqibatida halok bo‘ldi
09:31 07.11.2023 (yangilandi: 11:02 07.11.2023) Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Zalujniy yordamchisining o‘limi tafsilotlarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Kiyev viloyatidagi o‘z uyida granata portlashi oqibatida Ukraina qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning yordamchisi Gennadiy Chastakov halok bo‘ldi, deb xabar qildi Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko.
RIA Novosti.
Chastakovning o‘g‘li esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilishicha, Chastakovning o‘limiga sabab bo‘lgan granatani unga hamkasbi sovg‘a qilgan.
“O‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fojianing dastlabki holatlarini aniqlash mumkin bo‘ldi. Halok bo‘lgan mayor Chastakovning tug‘ilgan kuni bo‘lgan. U ishdan uyiga hamkasblarining sovg‘alarini olib qaytgan va ularni oilasiga ko‘rsata boshlagan. U granatalari bor sovg‘a qutisini chiqarib, o‘g‘liga o‘q-dorilardan birini ko‘rsata boshlagan. O‘g‘il granatani qo‘liga olib, halqasini buray boshlagan. Shundan so‘ng harbiy xizmatchi granataning halqasini chiqarib yuborgan va portlash yuz bergan”, — deb yozdi Klimenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu G‘arb uslubidagi yangi granatalar edi". Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kvartirada yana beshta portlamagan granata topilgan, ular ekspertiza uchun yuboriladi.
Politsiya Chastakovga shunday sovg‘ani bergan harbiyni aniqlagan.
"Uning kabinetida allaqachon tintuv o‘tkazilgan va yana ikkita shunga o‘xshash granata olib qo‘yildi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda", - dedi vazir.