https://oz.sputniknews.uz/20231107/xorazm-40771287.html
Xorazmning uchta tumanida hokimlar o‘zgardi
Xorazmning uchta tumanida hokimlar o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Ahmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov, Shovot tumaniga esa Oybek Xolboyev hokim bo‘ldi. 07.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-07T18:31+0500
2023-11-07T18:31+0500
2023-11-07T18:31+0500
siyosat
xorazm viloyati
hokim o‘zgarishi
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21891106_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_7a6621ac7b9df0799cf5c65e10d264a3.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Xorazm viloyatining Tuproqqal’a, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shuhrat Ahmedov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.Shuhrat Ahmedov 2023-yilning aprel oyidan buyon Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.Uning o‘rnini Akmal Jimalyazov egalladi. Akmal Jimalyazov tayinlovga qadar viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.Xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Oybek Xolboyev Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.Oybek Xolboyev 1974-yil 15-sentabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan.2014 yilda Shovot tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2014−2017 yillarda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017−2018 yillarda Xorazm viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, 2018−2019 yillarda Bog‘ot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, so‘ngra hokimi bo‘lib ishlagan.Tayinlovga qadar u 2019-yildan buyon Urganch shahri hokimi bo‘lgan.
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21891106_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_718a5d709d0d51fc5da30a91c3841bd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, xorazm viloyati, hokim o‘zgarishi, yangi tayinlov
siyosat, xorazm viloyati, hokim o‘zgarishi, yangi tayinlov
Xorazmning uchta tumanida hokimlar o‘zgardi
Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Ahmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov, Shovot tumaniga esa Oybek Xolboyev hokim bo‘ldi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Xorazm viloyatining Tuproqqal’a, Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida
Shuhrat Ahmedov Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga
tasdiqlandi.Shuhrat Ahmedov 2023-yilning aprel oyidan buyon Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Uning o‘rnini
Akmal Jimalyazov egalladi. Akmal Jimalyazov tayinlovga qadar viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xalq deputatlari Shovot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida
Oybek Xolboyev Shovot tumani hokimi lavozimiga
tasdiqlandi.Oybek Xolboyev 1974-yil 15-sentabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan.
2014 yilda Shovot tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2014−2017 yillarda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017−2018 yillarda Xorazm viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, 2018−2019 yillarda Bog‘ot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, so‘ngra hokimi bo‘lib ishlagan.
Tayinlovga qadar u 2019-yildan buyon Urganch shahri hokimi bo‘lgan.