Toshkentda 8-10 noyabr kunlari ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi — xarita
21:10 07.11.2023 (yangilandi: 11:53 08.11.2023)
© Sputnik/Abdubakir YunusovPerekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente.
© Sputnik/Abdubakir Yunusov
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroportiga boruvchilarga aylanma yo‘llar bilan tanishib chiqishni tavsiya etiladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkentda 8—10 noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.
© MinTrans UzbekistanaUlisi kotorie budut zakriti v Tashkente 8-10 noyabrya
Ulisi kotorie budut zakriti v Tashkente 8-10 noyabrya
© MinTrans Uzbekistana
Quyidagi yo‘nalishlarda transport harakati cheklanadi:
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;
Nukus ko‘chasi — Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
Furqat — Beshog‘och chorrahasidan Beshog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov — Beshog‘och chorrahasigacha;
Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.
"Uzbekistan Airports" yo‘lovchilar va hamrohlik qiluvchi shaxslarga yopiq ko‘chalar hamda Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi aylanma yo‘llar ko‘rsatilgan xarita bilan tanishib chiqishni tavsiya qiladi.
Shuningdek, parvozlarga kechikmaslik uchun aeroportga odatdagidan vaqtliroq jo‘nash tavsiya etiladi.