Toshkentdagi yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgich tanklar yordamida sinovdan o‘tkazildi

© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanProvedeno ispitanie novogo puteprovoda
Provedeno ispitanie novogo puteprovoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
Sinovga ko‘ra 4 ta avtotreylerga umumiy 300 tonna yuklama berildi.
TOShKENT, 07 noya — Sputnik. Toshkentdagi yangi yo‘l o‘tkazgich tanklar yordamida sinovdan o‘tkazildi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Bobur ko‘chasi va Toshkent xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi.

"Sinovga ko‘ra 4 ta avtotreylerga (har biri 35 tonna) 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) yuklanib yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi", — deyiladi xabarda.

Vazirlik xabarida yozilishicha, sinov natijalarida yo‘l o‘tkazgich ekspluatatsiya davridagi yuklamaga nisbatan ko‘proq yuklamaga muvaffaqiyatli bardosh bergan va mustahkam ekanligini isbotlagan.
Yangiliklar lentasi
0