https://oz.sputniknews.uz/20231107/sport-talim-muassasalari-hujjat-topshirish-tartibi-40740197.html
Ayrim sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi o‘zgardi
Ayrim sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada takomillashtiriladi.
2023-11-07T11:00+0500
2023-11-07T11:00+0500
2023-11-07T11:00+0500
sport
o‘zbekiston
hujjatlar
otm
abituriyent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40030779_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_8f6b1b2cd065832a94ebcee9ed1e9f52.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Ayrim sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi o‘zgardi. Bu Hukumat qabul qilgan 583-sonli qarorda nazarda tutilgan.“Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Hujjat bilan davlat sport ta’lim muassasalariga hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari taqdiqlandi.Unga ko‘ra, davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha sport ta’lim muassasasida tanlagan sport turi bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport ta’lim muassasasi biriktiriladi.Ariza beruvchi murojaati bo‘yicha yuborilgan sport ta’lim muassasasiga onlayn navbat bo‘yicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.Shunga ko‘ra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq ko‘rsatgan holda uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ko‘rsatilishi belgilangan. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1-yanvargacha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, o‘z rasmiy saytida e’lon qilinadi.Ushbu tartib boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20231104/milliy-futbol-markazi-va-futbol-boyicha-maxsus-telekanal-tashkil-qilinadi-40688705.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/11/40030779_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e8e079d3de086031d31afb5bac140a80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartib
sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartib
Ayrim sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi o‘zgardi
Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada takomillashtiriladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Ayrim sport ta’lim muassasalariga hujjat topshirish tartibi o‘zgardi. Bu Hukumat qabul qilgan 583-sonli qarorda
nazarda tutilgan. “Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan davlat sport ta’lim muassasalariga hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari taqdiqlandi.
Unga ko‘ra, davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:
Olimpia va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham);
Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustgacha (shu kuni ham).
"So‘rovnoma to‘ldirilib, 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi", — deyiladi hujjat matnida.
Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha sport ta’lim muassasasida tanlagan sport turi bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport ta’lim muassasasi biriktiriladi.
Ariza beruvchi murojaati bo‘yicha yuborilgan sport ta’lim muassasasiga onlayn navbat bo‘yicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Shunga ko‘ra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq ko‘rsatgan holda uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
“Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ko‘rsatilishi belgilangan. Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1-yanvargacha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, o‘z rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Ushbu tartib boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.