https://oz.sputniknews.uz/20231107/samarqandda-edvard-rtveladze-xotirasiga-bagishlangan-kitob-taqdimoti-bolib-otdi-40763912.html
Samarqandda Edvard Rtveladze xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Samarqandda Edvard Rtveladze xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
“Insoniyatga fidokorona xizmat” nomli kitobda oilaviy fotosuratlar, qadrdonlar, do‘stlar va hamkasblarning iliq xotiralari; qisqacha tarjimai hol mavjud, alohida bobda olimning kashfiyotlari haqida so‘z boradi.
2023-11-07T17:13+0500
2023-11-07T17:13+0500
2023-11-07T17:13+0500
madaniyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
kitob
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/07/40759866_25:390:2448:1753_1920x0_80_0_0_59d42ffa951369d8a6fc32bc98b619d5.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining xalqaro kongressida atoqli olim Edvard Rtveladze hayotiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.“Insoniyatga fidokorona xizmat” nomli kitobda oilaviy fotosuratlar, qadrdonlar, do‘stlar va hamkasblarning iliq xotiralari; qisqacha tarjimai hol mavjud, alohida bobda olimning kashfiyotlari haqida so‘z boradi. Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo va Kavkaz tarixiy o‘tmishining neolit davridan tortib to o‘rta asrlarning oxirigacha bo‘lgan deyarli barcha davrlari bilan qiziqqan.Olim 1972-yilda Amudaryoning Termizdan Kelifgacha bo‘lgan yo‘nalishini o‘rganish chog‘ida aniqlagan Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa manzilgohiga alohida e’tibor qaratgan.1999 yilda Rtveladze Toxariston arxeologik ekspeditsiyasini tuzgan va 2021-yilgacha bu yerda ikki mavsum - bahor va kuzda qazish ishlari olib borgan.Edvard Rtveladze o‘z hayoti davomida O‘rta Osiyoning ulug‘vor madaniy yodgorliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan 30 dan ortiq jiddiy monografiya va 800 dan ortiq ilmiy ishlar yozgan. So‘nggi yillarda olim “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” noyob multimedia loyihasining ilmiy rahbari bo‘lib ishlagan.Shuningdek, ushbu loyihaning videoversiyalari muallifi Shahnoza G‘aniyevaning aytishicha, Edvard Rtveladze Kushonlar imperiyasi merosi haqidagi kitob-albom muallifi bo‘lgan. Uning yordami va ishtirokida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tuzilgan.Atoqli arxeolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilyevich 2022-yil 10-fevral kuni 80 yoshida vafot etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20220614/edvard-rtveladze-qanday-inson-edi-25304253.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/07/40759866_143:0:2587:1833_1920x0_80_0_0_b301e6a73ff8100cb09bab04fe2c7b9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
samarqandda edvard rtveladze xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
samarqandda edvard rtveladze xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Samarqandda Edvard Rtveladze xotirasiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
“Insoniyatga fidokorona xizmat” nomli kitobda oilaviy fotosuratlar, qadrdonlar, do‘stlar va hamkasblarning iliq xotiralari; qisqacha tarjimai hol mavjud, alohida bobda olimning kashfiyotlari haqida so‘z boradi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining xalqaro kongressida atoqli olim Edvard Rtveladze hayotiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri
xabar berdi. “Ushbu kitob o‘zining 80 yoshlik yubileyini nishonlashga va shu munosabat bilan do‘stlari, shogirdlari va hamkasblarini yig‘ishga hozirlik ko‘rayotgan Edvard Vasilyevichning tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida mo‘ljallangan edi. Ammo taqdir boshqacha qaror qildi. Shuning uchun sovg‘aning ko‘rinishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik: yubiley sovg‘asi uning muborak xotirasiga sovg‘a bo‘ldi”, — deyildi tadbirda.
“Insoniyatga fidokorona xizmat” nomli kitobda oilaviy fotosuratlar, qadrdonlar, do‘stlar va hamkasblarning iliq xotiralari; qisqacha tarjimai hol mavjud, alohida bobda olimning kashfiyotlari haqida so‘z boradi. Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo va Kavkaz tarixiy o‘tmishining neolit davridan tortib to o‘rta asrlarning oxirigacha bo‘lgan deyarli barcha davrlari bilan qiziqqan.
Olim 1972-yilda Amudaryoning Termizdan Kelifgacha bo‘lgan yo‘nalishini o‘rganish chog‘ida aniqlagan Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa manzilgohiga alohida e’tibor qaratgan.
1999 yilda Rtveladze Toxariston arxeologik ekspeditsiyasini tuzgan va 2021-yilgacha bu yerda ikki mavsum - bahor va kuzda qazish ishlari olib borgan.
Edvard Rtveladze o‘z hayoti davomida O‘rta Osiyoning ulug‘vor madaniy yodgorliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan 30 dan ortiq jiddiy monografiya va 800 dan ortiq ilmiy ishlar yozgan. So‘nggi yillarda olim “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” noyob multimedia loyihasining ilmiy rahbari bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, ushbu loyihaning videoversiyalari muallifi Shahnoza G‘aniyevaning aytishicha, Edvard Rtveladze Kushonlar imperiyasi merosi haqidagi kitob-albom muallifi bo‘lgan. Uning yordami va ishtirokida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tuzilgan.
Atoqli arxeolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilyevich 2022-yil 10-fevral kuni 80 yoshida
vafot etgan.