Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya artilleriyasi Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina QKga zarba berdi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishRossiya artilleriyachilari maxsus harbiy operatsiya zonasida
Rossiya artilleriyachilari maxsus harbiy operatsiya zonasida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy harbiy okrugi Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina qurolli kuchlariga zarba berdi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlari va texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Razvedka bo‘linmalaridan dushmanning joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot olib, ekipaj jangovar hududga yetib keldi. Jangovar transport vositasini harakat holatidan jangovar holatga o‘tkazish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirgandan so‘ng, artilleriyachilar 122 mm kalibrli raketalar bilan 10 kilometrga yaqin masofada dushmanni yo‘q qildi”, — deyilgan xabarda.
Dushanba kuni Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar bir kun ichida Ukraina qo‘shinlarining to‘qqizta hujumini qaytarganini, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari esa 860 nafar askarni tashkil etganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0