Karate WKF: o‘zbekistonlik sportchilar oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi

© Ministerstvo molodojnoy politiki i sporta Karatisti iz Uzbekistana zavoyevali 2 zolotie, 1 serebranuyu i 5 bronzovix medaley v Kazaxstane
Karatisti iz Uzbekistana zavoyevali 2 zolotie, 1 serebranuyu i 5 bronzovix medaley v Kazaxstane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatda oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Qozog‘istonda karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Musobaqada qit’aning eng kuchli yosh karate ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.
Musobaqaning birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi. Unda sportchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
oltin medal: -54 kg: Mohinur Teshaboyeva, -61 kg: Saida Musaxonova
kumush medal: -70 kg: Bekzod Zoirov
bronza medal:-52 kg: Humoyunmirzo Halimov, -57 kg: Isomiddin Karimov, +70 kg: Sardor Bahromov, -47 kg: Diyora Po‘latova, Abdulaziz Rasulov (kata)
Osiyo chempionati 8-noyabrga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0